1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?
Ariza beruvchi Inson huquqlari bo'yicha Evropa sudiga shikoyat qilishda qanday talablarga javob berishi kerak?
Download 111.13 Kb.
|
Inson yakuniy 31-50
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ariza beruvchining shikoyati va hukumatning ishni tugatish togrisidagi iltimosi boyicha Inson huquqlari boyicha Yevropa sudi qanday qaror qabul qilishi kerak
1. Ariza beruvchi Inson huquqlari bo'yicha Evropa sudiga shikoyat qilishda qanday talablarga javob berishi kerak?
2. Jabrlanuvchining shikoyatlari va u keltirgan normalarning asosliligini tahlil qiling. 3. Arizachi va uning oila a’zolari huquqlarining buzilishi yangi uyga ko‘chish bilan yakunlandi, degan xulosaga kelish mumkinmi? Javobingizni asoslang. 4. Ariza beruvchining shikoyati va hukumatning ishni tugatish to'g'risidagi iltimosi bo'yicha Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi qanday qaror qabul qilishi kerak? Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi yevropa konvensiyasining 34-35-moddalarida ushbu konvensiyaga murojaat qilish tartibi keltirib o’tilgan. Unga ko’ra; 1 Sud ushbu masalani xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq barcha ichki himoya vositalari tugatilgandan keyingina va yakuniy qaror qabul qilingan kundan boshlab to'rt oylik muddat ichida ko'rishi mumkin. Demak, fuqaro murojaat qilish uchun, o’z davlatidagi barcha ichki himoya vositalaridan o’tgan bo’lishi lozim deb ifodalayapti 35-moddaning 1-bandida. Leyla haqiqatdan ham o’z hududidagi barcha instantsiyalardan o’tgan, tuman sudi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud. Demak, murojaat qilishning birinchi bandiga to’g’ri keladi.Quyidagi hollarda konvensiyaga murojaat qilib bo’lmaydi.Bular, 1. Anonim bo’lmasligi kerak.- ya’ni shaxsning ism familyasi mavjud bo’lishi kerak. 2. Sud tomonidan allaqachon ko'rib chiqilgan yoki boshqa xalqaro tergov yoki hal qilish tartibiga taqdim etilgan masala bilan deyarli bir xil bo'lsa va tegishli yangi ma'lumotlarni o'z ichiga olmasa.. 3. Sud 34-moddaga muvofiq berilgan har qanday individual arizani qabul qilib bo'lmaydigan deb topadi, ya’ni, agar u: ariza Konventsiya yoki unga Protokollar qoidalariga mos kelmaydigan, ochiqdan-ochiq asossiz bo'lsa yoki individual ariza berish huquqini suiiste'mol qilsa; yoki agar Konventsiya va unga tegishli Protokollarda belgilangan inson huquqlariga rioya qilish arizani mohiyatan ko'rib chiqishni talab qilmasa, arizachi jiddiy kamchilikka duchor bo'lmagan bo’lsa ariza qabul qilinadi. Fuqaro o’z huquqlari buzilishi bo’yicha hotin-qizlarni himoya qilishga yoki bolalar huquqini himoya qiluvchi organga emas, balki inson huquqlarini himoya qiluvchi organga murojaat qilmoqda, bu o’rinli. . Sud ushbu moddaga muvofiq qabul qilib bo'lmaydigan deb hisoblagan har qanday arizani rad etadi. U buni sud jarayonining istalgan bosqichida qilishi mumkin. Demak, anonym bo’lmasligi, bir paytni o’zida ikkita organda ko’rilmasligi lozim. Shuningdek, topshirilayotgan ariza mazmuni konvensiyaning obyektiga maqsadiga to’g’ri kelishi kerak. Shuningdek, 34-moddaga ko’ra Sud har qanday shaxs, nodavlat notijorat tashkiloti yoki shaxslar guruhining Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan Konventsiyada yoki uning Protokollarida belgilangan huquqlarning buzilishi natijasida jabrlanuvchi deb da'vo qilingan arizalarni qabul qilishi mumkin. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu huquqni samarali amalga oshirishga hech qanday tarzda to'sqinlik qilmaslik majburiyatini oladilar. Demak, 1-savolga fuqaroni murojaati o’rinli. 34-35-moddalarning bandlariga ko’ra to’g’ri murojaat qilgan. Kazusdagi 2-savolga e’tiborimizni qaratamiz. Fuqaro Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi yevropa konvensiyasining 3-moddasi hamda 8-moddasi ustidan o’z huquqlarini buzilgan deb shikoyat qilmoqda. 3-moddasi qiynoqlarni taqiqlash deb nomlanib mazmuni quyidagicha.. Hech kim qiynoqqa solinishi, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor qilinishi mumkin emas. Ushbu modda bo’yicha fuqaroni murojaatini ko’rib chiqamiz. Leylaga nisbatan qiynoq alomati yo’q. Lekin, g’ayriinsoniy va qadr-qimmatini kamsituvchi muomala bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi, Leylaning sog’lig’iga, salomatligiga jiddiy ziyon tegmoqda. Qancha harakat qilsa ham uning harakatlariga befarq bo’lmoqda, barcha davlat organlari. 8-modda. Har bir inson shaxsiy va oilaviy hayotini, uy-joyini va yozishmalarini hurmat qilish huquqiga ega Davlat organining ushbu huquqni amalga oshirishga hech qanday aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunga muvofiq va demokratik jamiyatda milliy xavfsizlik, jamoat xavfsizligi yoki iqtisodiy farovonlik manfaatlarini ko‘zlab zarur hollar bundan mustasno. davlat, tartibsizlik yoki jinoyatning oldini olish, sog'lig'ini yoki axloqini himoya qilish yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun.. 8-moddaning 1-bandiga ko’ra Leylaning murojaatiga aynan mos tushadi. Fuqaroning shaxsiy hayotiga, oilaviy holatiga va uy-joyini o’zgartirishga to’g’ri kelmoqda. Fuqaroning sog’lig’iga ushbu zavoddan chiqadigan zararli moddalar ziyon qilmoqda. Boshqa shaharga ketish mumkin bo’lsa ham o’z uyini o’zgartirishga to’g’ri keladi. 8-moddaning 2-bandiga ko’ra davlat organlari bunday vaziyatda aralashishi mumkin emas, biroq zarur hollar bo’sa bundan mustasno hisoblanadi. Demak, Leylaning ushbu sudga murojaat qilishi o’rinli. Moddalari ham tegishli hisoblanadi. Ushbu bandlarda ko’rsatilgan huquqlari buzilgan. Murojaati o’rinli. Kazusimiz bo’yicha 3-savolga o’tamiz. Muammolar Portugalya hukumati tomonidan hal qilinib, sud tomonidan ko’rishni to’xtatishni so’ramoqda. Ushbu harakat o’rinlimi. Bir tomondan, muammo hal bo’ldi, sud endi qanday muammoni ko’rib chiqadi. Chunki, muammo hal bo’lib bo’ldi. Ikkinchi tomoni quyidagicha, hukumat Leylaning o’z ichida barcha instasiyalarda rad javobi berilgan, biroq Inson huquqlari bo’yicha yevropa Konvensiyasiga murojaat qilgandan so’ng, muammolar hal bo’ldi. Tegishli moddalar orqali muammoni hal qilamiz. Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi yevropa konvensiyasining 39-moddasiga ko’ra; . Sud ish yuritishning istalgan bosqichida Konventsiya va unga tegishli Protokollarda belgilangan inson huquqlarini hurmat qilish asosida masalani do‘stona hal etishni ta’minlash maqsadida manfaatdor tomonlarning ixtiyoriga berishi mumkin. Agar do'stona kelishuv amalga oshirilgan bo'lsa, sud faktlar va erishilgan qarorni qisqacha bayon qilish bilan chegaralanadigan hal qiluv qarori bilan ishni o'z ro'yxatidan chiqarib tashlaydi. Mazkur qaror Vazirlar qo‘mitasiga yuborilsin, u qarorda belgilangan do‘stona kelishuv shartlarining bajarilishini nazorat qiladi. Demak, 39-moddaga ko’ra, taraflar o’rtasidagi muammo do’stona hal qilishi uchun imkoniyat beradi. Taraflar kelishib ketsa, sud ushbu ishni ro’yhatdan chiqarib yuboradi, biroq kelishuv shartlarini bajarishni ustidan nazoratni olib boradi. Ushbu vaziyatda, Portugaliya hukumati nafaqat Leylani manfaati uchun, balki mahalliy aholini foydasini ham ko’zlab ushbu zavodni butunlay tugatti. Demak, sud o’z ishini yakunlaydi. Download 111.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling