1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?


Vanada shtati sudining xulosasiga huquqiy baho bering


Download 111.13 Kb.
bet6/38
Sana19.04.2023
Hajmi111.13 Kb.
#1362018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Inson yakuniy 31-50

33.3.Vanada shtati sudining xulosasiga huquqiy baho bering. Ushbu vaziyatga huquqiy baho beradigan bo’lsak, o’zi har qanday davlat fuqarosi misol uchun, Vanadalik Rodriguez Inson huquqlari Bo’yicha Yevropa sudiga murojaat qilishdan oldin, ushbu sudga murojaat qilungunicha bo’ladigan etaplarni bosib o’tishi kerak. Ya’ni avvalo o’zining huquqlarining buzilganligini, nohaq ayblanib jabrlanganligini, manaviy zararni qoplashni so’rab u o’zining davlatining sudiga fuqarosi sifatida murojaat qilishi zarur, murojaati rad etilsa, yoki uning foidasiga hal bo’lmasa, o’sha suddan yuqori turuvchi apellatsiya, kassatsiya tartibidagi sudga murojaat qilishi, unda ham muammosi hal bo’lmasa, protest orqali davlatining Oliy sudiga murojaat qilishi zarur. Agar Oliy sudda ham noto’g’ri qaror chiqarilsa, o’sha davlatidagi inson huquqi bo’yicha milliy markaz orqali xalqaro uning muammosi bo’yicha ixtisoslashtirilgan sudga, yani Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudiga murojaat qilishi kerak bo’lardi. Ammo kazusda sud ROdriguezni arizasini qaytarib, bo’ysinuv bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga murojaat qilishini aytgan. Fikrimcha Vanada sudining fikri no’to’g’ri. Chunki Inson huquqlari bo’yicha Yevropa konvensiyasining 22.11.1984 7-sonli Pratokolining 2- moddasi 1-bandiga muvofiq:. Jinoyat ishlari bo'yicha shikoyat qilish huquqi 1. Sud tomonidan jinoiy jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir shaxs o‘z hukmi yoki hukmi yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko‘rib chiqilishiga haqli. Ushbu huquqni amalga oshirish, shu jumladan uni amalga oshirish uchun asoslar qonun bilan tartibga solinadi deb o’rnatilgan norma bor. Vanada agar ushbu konvensiya va protokolga a’zo davlat bo’lsa, mazkur normaga muvofiq ish qilishi kerak edi. Ya’ni ko’rinib turibdiki 2- moddaga ko’ra Vanada davlati sudi unga murojaat qilgan fuqarosining arizasini asoslantirmasdan qaytarib yuborishi mumkin emas, axir sud fuqarolarning huquqini himoyalovchi oliy tashkilot. Va sud agar fuqarosiga nisbatan uni aybsiz holda qamoqda ushlab turgani uchun haqiqatda manaviy zarar yetkazilgan deb topsa Inson huquqlari bo’yicha Yevropa Konvensiyasining 5- moddasi 3-4-qismlaridagi bandlarga muvoviq 5-qismiga ko’ra Rodriguezga yetkazilgan zarar uchun tovon puli to’latishi kerak bo’ladi.
33.4. Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi bu holatda qanday qaror qabul qilishi kerak? Javoblaringizni asoslang. Ushbu vaziyatda Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudi 03.09.1953 kuchga kirgan Inson huquqlari bo’yicha Yevropa konvensiyasining II bo’limiga muvofiq ikki xil yo’l tutishi mumkin. Birinchisi, Yevropa sudi mazkur konvensiyaning 37-moddasi 1-qism “C” bandi bilan arizani bekor qilishga haqli, asos ushbu konvensiya 35-moddasi 1-qismi, ya’ni: 1. Sud ushbu masalani xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq barcha ichki himoya vositalari tugatilgandan keyingina va yakuniy qaror qabul qilingan kundan boshlab to'rt oylik muddat ichida ko'rishi mumkin. Bundan biz anglab olishimiz kerakki Yevropa inson huquqlari bo’yicha sudi Rodriguezning shikoyatini uning Vanada davlati 35-modda 1-qismida aytilgan harakatlarning barini qilib ko’rganda ko’riib chiqishi mumkin bo’lardi. Ikkinchisi, Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudi Inson huquqlari bo’yicha Yevropa konvensiyasining 37-moddasi 2-qismi: agar Konventsiya va uning bayonnomalarida belgilangan inson huquqlariga rioya qilish talab qilsa, sud arizani ko'rib chiqishni davom ettiradi deyilgan normaga binoan 39-moddasi “Do’stona kelishuv” : 1. Sud ish yuritishning istalgan bosqichida Konventsiya va unga tegishli Protokollarda belgilangan inson huquqlarini hurmat qilish asosida masalani do‘stona hal etishni ta’minlash maqsadida manfaatdor tomonlarning ixtiyoriga berishi mumkin. Agar do'stona kelishuv amalga oshirilgan bo'lsa, sud faktlar va erishilgan qarorni qisqacha bayon qilish bilan chegaralanadigan hal qiluv qarori bilan ishni o'z ro'yxatidan chiqarib tashlaydi.
Xulosa. demak, kazusni tegishli konvensiya va protokollar bilan hal qildik deb o’ylaymiz, oxirida javoblar ikki xil bo’layapti, subyekt aniq, fikir tinniq, xulosa o’zingizdan.

34-kazus.


Portugaliya fuqarosi Leyla Almada shahri yaqinidagi yerlardan birida oilasi bilan yashar edi. 2019 yil mart oyida uning uyi yaqinida teri ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarning suyuq va qattiq chiqindilarini qayta ishlash korxonasi ish boshladi. Zavod foydalanishga topshirilgandan so‘ng darhol undan ajralib chiqadigan zararli gazlar ko‘plab mahalliy aholi, jumladan, arizachining sog‘lig‘ining yomonlashuviga, hayotida jiddiy noqulayliklarga olib keldi. Natijada u yerdagi fuqarolar shahar hokimiyati tomonidan vaqtinchalik boshqa yerga ko‘chirildi. 2019 yil sentyabrda shahar hokimiyati tashkil etilgan ekspert komissiyasining xulosasini inobatga olib, korxonada bir qator ishlab chiqarishlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Leyla uyiga qaytganidan so‘ng, sog‘lig‘i yomonlashishda davom etdi. Korxona atrofi qanday ifloslanayotganini, hudud aholisining turmush sharoiti qanday yomonlashayotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng 2020 yil 10 yanvarda tuman sudiga shaxsiy hayotiga hokimiyatning noqonuniy aralashayotganligi va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilayotganligi haqida da’vo kiritadi, biroq u rad etiladi. Oliy sudga berilgan apellyatsiya da’vo ham rad etiladi. 2021 yil fevral oyida Konstitutsiyaviy sud keltirilgan shikoyatni yetarlicha asoslanmagan deb topadi. Shundan so‘ng, Leyla Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi yevropa konvensiyasining 8-moddasi va 3-moddalari buzilishi mavjud deb Inson huquqlari bo‘yicha yevropa sudiga shikoyat yuboradi.
Ish Yevropa sudi tomonidan ko‘rishga qabul qilingan vaqtda, 2022 yil 28 fevralda arizachi va uning oilasi shahar ma’muriyati tomonidan puli to‘langan shahar markazidagi xonadonga ko‘chib o‘tishadi. Chiqindini qayta ishlovchi korxona esa atrof-muhitga ziyon yetkazganligi uchun faoliyati to‘xtatiladi. Portugaliya hukumati mazkur holatlarni hisobga olib, shikoyat ob’ektida keltirilgan masalalar barxam topgan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tomonidan ishni ko‘rishni tugatish lozim deb hisoblaydi.
Javob
Kazusdagi vaziyat quyidagicha, Almata shahrida teri ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushiriladi. Biroq, aholiga zarar yetkazilyotganini bilib, shahar hokimiyati tomonidan mahalliy aholini vaqtincha boshqa hududga ko’chirib turishadi. Ekspertlarning o’rganishi natijasida zavodning bir qancha ishlab chiqarish turlari o’z faoliyatini yakunlaydi. Aholini yana o’z shaharlariga qaytarishadi. Biroq, mahalliy aholi fuqarosi Leyla uyiga qatgach ham yana sog’lig’i yomonlashib boraveradi. Shu sababli, dastlab tuman sudiga murojaat qiladi. Qoniqarli javob olmagach Oliy sudga, undan so’ng esa Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiladi. Biroq barcha orgonga bergan arizalari rad javobi beriladi. Shundan so’ng, Leyla Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi yevropa konvensiyasiga murojaat qiladi.Uning huquqlari 8-moddasi va 3-moddalari buzilishi mavjud deb Inson huquqlari bo‘yicha yevropa sudiga shikoyat qiladi. Sudda ish ko’rilayotgan bir paytda, Leylaning oilasi shahar markazida puli to’langan uyga ko’chib o’tishadi, zavod esa o’z faoliyatini yakunlaydi. Portugaliya hukumati murojaatlar hal bo’lgani uchun bu ishni ko’rishni yakunlashni so’raydi.

Ushbu kazus bo’yicha o’z oldimizga bir qancha savollarni qo’yib olamiz.



Download 111.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling