1. Ustav nima
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ustav nima 2.,,ZiyoPrint ’’MCHJ ustav talablariga zid ravishda 250 mln so ’mlik binoni sotish
- Birinchidan,Ustav nima
1-kazus “ZiyoPrint” MCHJning ustavida jamiyat rahbari tomonidan jamiyatga tegishli ko’chmas mol-mulkni tasarruf etish bilan bog’liq bitimlar tuzish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishi roziligini olish zarurati nazarda tutilgan. “ZiyoPrint” MCHJ rahbari ustav talablariga zid ravishda ishtirokchilar umumiy yig’ilishi roziligini olmay turib jamiyatga qarashli qiymati 250 mln so’m bo’lgan binoni “Zamin” MCHJga sotish bo’yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. O’z navbatida tuzilgan shartnomaning qiymati “Zamin” MCHJ ustav kapitalining 70%ni tashkil etib jamiyat rahbari bitim tuzish bo’yicha umumiy yig’ilishdan rozilik olmagan. “Zamin” MCHJ faoliyati o'quv qurollari sotishga ixtisoslashgan. Ushbu kazusga javob yozishdan oldin undagi muommoli vaziyatlarni aniqlab olamiz .Ular quyidagilardan iborat: 1.Ustav nima? 2.,,ZiyoPrint’’MCHJ ustav talablariga zid ravishda 250 mln so’mlik binoni sotish bo’yicha ,,Zamin “MCHJ oldi-sotti shartnomasini imzolashi to’g’rimi? 3.Masala qanday hal qilinishi kerak? Quyidagi qonunlardan foydalanamiz 1.Fuqarolik kodeksi 2.Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risidagi qonun Ushbu kazusga javob yozishdan oldin mas’uliyati cheklangan jamiyat tushunchasiga to’xtalib o’tamiz.Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir nechta shaxs tomonidan ta’sis etilgan ,ustav fondi(ustav kapitali)ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan olinadi.Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladi. Birinchidan,Ustav nima? Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi ,korxona ,tashkilot sh.k ning tuzilishi ,vazifasini yo’naltirib turadigan asosiy qonun-qoidalar majmui. Ustav yuridik shaxslarning asosiy ta’sis hujjati hisoblanadi.Yuridik shaxs o’z ustav hujjati asosida ish olib boradi.Ustav yuridik shaxs muassislari tomonidan tasdiqlanadi va davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. Ustavda yuridik shaxsning nomi ,uning joylashgan yeri ,pochta manzili ,yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qo’yilishi ,shuningdek,ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar to’g’risidagi qonunda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar bo’lishi kerak.Demak,ustavda korxonani boshqarish tartibi ham belgilab qo’yiladi.Yuqoridagi kazusda ham ,,ZiyoPrint”MCHJning ustavida jamiyat rahbari tomonidan jamiyatga tegishli mol-mulkni tasarruf etish bilan bog’liq bitimni tuzish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishi roziligini olish zarurati nazarda tutilganligini ko’rishimiz mumkin. Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling