1. Ustav nima
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
Uchinchidn,Ashurov endi audiyozuv dalil bo’laolmasligini aytyapti ,biroq Oliy Sudi Plenumining ,,Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo’yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi qarorining 1-qismiga binoan:Fuqarolik Protsessual kodeksining 71-moddasiga ko’ra ,fuqarolik ishi bo’yicha dalillar deganda ,taraflar o’z talablari va e’tirozlarini asoslayotgan holatlar, shuningdek ishning to’g’ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo’lgan boshqa har qanday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud qonunda belgilangan tartibda aniqlashi uchun asos bo’ladigan har qanday faktik ma’lumotlar tushuniladi .Bu ma’lumotlar quyidagilardan olinishi mumkin:
taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlaridan ; guvoh ko’rsatuvlaridan; yozma va ashyoviy dalillardan ; audio va videoyozuvlardan ekspertlar xulosalaridan deyilgan.Bundan ko’rinib turibdiki ,. Nodirovaning audioyozuvi ham dalil sifatida o’tadiva bu dalilarni sudda Ashurovga qarshi qo’llashga haqli. Xulosa qiladigan bo’lsak, albatda yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bitim taraflar tomonidan rasmiylashtirilmasada tuzilgan hisoblanadi va Ashurov pulni olganligi sababli notebukni berishi yoki Nodirova pulni qaytarishni talab qilsa, pulni berishi kerak .Agar Nodirova istasa, kechiktirilgan vaqt uchun foizlarini qo’shib olishini ham mumkin.Afsuski,Ashurovning ,Nodirovaning guvohlari o’tmasligi to’g’risidagi va audioyozuv dalil bo’laolmasligi to’g’risidagi gaplari ham o’z tasdig’ini topmadi. Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra Nodirovaning qarindoshlari guvoh sifatida o’tadi va audiyozuv ham dalil hisoblanadi Ashurov esa bularni rad etishga haqli emas. 17-kazus: 256-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi va yakka tartibdagi tadbirkor Xamidov o‘rtasida 2015-yil 15-dekabrda ijara shartnomasi imzolangan.Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasisi 30,5 m2 maydondan iborat bo‘lgan bitta xonani tadbirkorga etikdo‘zlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 3 yil muddatga bergan. Tadbirkor esa, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilar uchun oyoq kiyimlarni bepul ta’mirlab berish majburiyatini olgan. 2016-yilda yakka tartibdagi tadbirkor Xamidovni bankrot deb topish to‘g‘risida sudda ish qo‘zg‘atildi.Maktabgacha ta’lim muassasisining faoliyati nazorat qiluv organlar tomonidan tekshirish o‘tkazilganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №102-sonli Qarori talabini buzgan holda ijara shartnomasi tuzilganligi aniqlandi.Nazorat qiluv organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha tuzilgan dalolatnomadan norozi bo‘lgan muassasa rahbari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga mansabdor shaxslarning hatti-harakatlarini noqonuniy deb topish to‘g‘risida murojaat qilgan. Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling