1. Ustav nima
Download 465.37 Kb.
|
Fuqarolik huquq yakuniy javoblari 2023-y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnoma tushunchasi
- 355-modda. Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar
- 356-modda. Baho
- 357-modda. Shartnomaning amal qilishi
- 14-modda. Xo‘jalik shartnomasini bajarish
- 32-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lamaganlik yoki o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik
Xulosa qiladigan bo’lsak, birinchidan, yuqoridagi vaziyatda jismoniy va yuridik shaxs o’rtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi uchun bitimning oddiy yozma shakliga murojaat qilish o’rinli
Ikkinchidan, bitimning oddiy yozma shaklidan foydalanish tartibi fuqarolik kodekida belgilagan Uchinchidan, yuqorida Navoiy shahar UYA-69 rahbarining ishonchnomani ramiy tasdiqlas huquqi bor va bu orqali ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnomaga tenglashtiriladi va tomonlarning oldi-sotdi shartnomasini tuzish imkoniyatlari vujudga keladi. 19-kazus; Yangidan tashkil topgan aksionerlik jamiyati (AJ) asosan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Jamiyat ustav fondidagi aksiyalarining bir qismi ya’ni 15 foizi xorijiy investorlar tomonidan sotib olingan. Ustav fondi sotilishidan oldin baholovchi tashkilot tomonidan baholangan va bu borada shartnoma tuzilgan. Shartnoma yuzasidan baholovchi tashkilot tegishli hisobotni AJga taqdim qilgan. Biroq, ko‘rsatilgan xizmatlar haqi baholash tashkilotiga to‘lab berilmagan. Bunga sabab qilib AJ direktorining o‘rinbosari ko‘rsatilgan xizmatlar sifatli bo‘lmaganligini qolaversa, tuzilgan shartnoma bahosi yuqori ya’ni 10.000.000 so‘m bo‘lganligi sababli AJ Kuzatuv kengashining roziligi olinishi kerakligini ma’lum qildi.Ushbu holatdan norozi bo‘lgan baholash tashkiloti xizmatlar lozim darajada ko‘rsatilganligi va xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari imzolanganligini ko‘rsatib, iqtisodiy sudiga da’vo ariza bilan murojaat qildi.Nizo sudda ko‘rilayotgan vaqtda to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinishi ta’qiqlanishi haqida davlat organining hujjati qabul qilindi. Natijada AJ o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizasiya qilishga qiynaldi. IRAC: Issue(muammo): 1 AJning baholash tashkiloti bilan tuzgan shartnoma shartlarini bajarmasligiga huquqiy asos bormi? 2.Shartnoma bahosi yuqori bo`lganda kuzatuv kengashinin roziligi olinishi kerakmi? 3. Sud jarayoni borayothanda kompanyaning eksport qilishi cheklanishi to`g`rimi? Rule(qonun):Fuqarolik kodeksi, ,,Xo`jalik yuritish subyektlari faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to`g`risidagi Application(asosiy qism): Ushbu berilgan kazusda ikkita yuridik shaxs o`rtasida shartnoma tuzilmoqda shartnoma Fuqarolik kodeksining 353-moddasida keltirilgan Shartnoma tushunchasi Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. Shartnomalarga ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi. Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘g‘risida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning 234-352-moddalari) qo‘llaniladi. Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday shartnomalarning ko‘ptaraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi. Ushbu tuzilgan shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo`lib bu haqida 355-modda. Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar Shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo‘ladi. Shartnoma bo‘yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.Oldingi tahrirga qarang. Agar qonunchilikdan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Shuningdek berilgan kazusdagi vaziyatda baholash tashkilotiga hizmati evaziga haq to`lanmayotganligi bunga sabab qilib shartnomaning summasi qimmatiligi keltirilgan , lekin ,,Fuqarolik kodeksining” 356-modda. Baho Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi. Oldingi tahrirga qarang. Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni o‘zgartirishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi. (356-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Haq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo‘yicha haq to‘lanishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 353 — 355, 357 — 363-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 19.08.1999-yildagi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 6-bandi. Yangi tashkil etilgan AJning shartnomani bajarmaslikga asosi o`rinli emas chunki 357-modda. Shartnomaning amal qilishi Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi. Taraflar o‘zlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning shartnoma tuzishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar. Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin. Bunday shart yozib qo‘yilmagan shartnoma taraflar majburiyatni bajarishining shartnomada belgilab qo‘yilgan oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi. Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi. Sudning qaroriga kelsak ,,Xo`jalik yuritish subyektlari faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to`g`risidagi “ qonunning 14-modda. Xo‘jalik shartnomasini bajarish Oldingi tahrirga qarang. Xo‘jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonunchilikning talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim. Xo‘jalik shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin. Shuningdek ushbu qonunning 32-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lamaganlik yoki o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik To‘lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga to‘lov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga o‘zi to‘lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Conclusion(xulosa): Ushbu berilgan kazusdan kelib chiqib Yangi tashkil etilgan AJning baholash kompaniyasiga to`lovni amalga oshirishdan bosh tortishi hechqanday huquqiy asosga ega emasligini va sudning chiqargan qarori to`g`ri ekanlihgini ko`rishimiz mumkin. 20-kazus: . A.Sodiqov va B.Olimov o‘rtasida yozma shaklda 2010-yil 4-mayda tuzilgan qarz shartnomasiga asosan A.Sodiqov B.Olimovga 2012-yil 31-dekabrga qadar qaytarib berish sharti bilan 5 000 000 so‘m qarz oldi. A.Sodiqov 2012-yil 18-oktyabrda qarzni qaytarib berishni talab qilganida, B.Olimov biroz kutib turishni iltimos qildi.2012-yil noyabr oyida A.Sodiqov chet elga ishlash uchun ketdi va u yerdan 2013-yil 5-noyabrda qaytib keldi. A.Sodiqov qaytib kelgach, B.Olimovdan qarzni qaytarishni so‘raganda, da’vo muddati o‘tganligini, shu sababli, pulni qaytarmasligini, fuqarolik qonunchiligiga muvofiq uch yillik umumiy da’vo muddati o‘tgach, olgan qarz summasini qaytarmaslikka haqqi borligini aytdi. A.Sodiqov qarz shartnomasi shartlarini lozim darajada bajarmaganlik va pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun o‘rtacha bank foizi stavkasi miqdorida haq to‘lashni so‘rab sudga da’vo ariza bilan murojaat qildi.Sud ishni ko‘rish jarayonida o‘zining tashabbusi bilan da’vo muddatini qo‘llashni lozim deb topidi va da’vo arizasini qanoatlantirdi. IRAC: Issue(muammo): 1.B.Olimovning da’vo muddati o’tganligini bahona qilib qarzni qaytarmaslikka asosi bormi? 2. Sudning chiqargan qarori to`g’rimi? Download 465.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling