1. Val va o’qlarni to’g’rilash. Rezbali birikmalarni remont qilish
Dvigatel blok va silindrni remont qilish
Download 72.5 Kb.
|
Blok silindrni tiklash
3. Dvigatel blok va silindrni remont qilish
Blok va silindr gilzalarini remont qilish Bloklarning asosiy nuqsonlari – silindrlar (gilzalar yoki bloklar)ning ichki yuzlari, o’zak podshipniklarning vkladishlari o’rnatiladigan uyalar va taqsimlash valining vtulkalari yoyiladi, suv g’ilofi, karter devorlari va silindrlar orasidagi peremichkalar yeriladi va teshiladi, teshiklardagi rezbalar o’ziladi, to’rtkichlar kiradigan teshiklar yoki ularning vtulkalari yoyiladi, gilza burtlari o’tkaziladigan joylar yoyiladi, blok devorlari va gilzalarda zichlashtirish xalqalari yonidagi joylar kavitatsion yoyiladi, blokni kallak bilan tutashadigan yuzalari tob tashlaydi. Ko’rsatib o’tilgan nuqsonlar bartaraf etilishi mumkin. O’zak podshipniklar vkladishlari uchun mo’ljallangan uyalar, taqsimlash vali vtulkalari uchun mo’ljallangan teshiklar, moy kanallari va remont qilishga qo’l yeta olmaydigan joylar darz ketganda va singanda, shuningdek, silindrlar (gilzalar)teshiklari yoki klapan uyalari orasida ikkitadan ortiq darz bo’lganda; suv g’iloflarida to’rttadan ortiq darz yoki ishlov berilgan sirtlardan o’tuvchi ikkitadan ortiq darz bo’lganda; perimetrining o’lchami 1/3 dan ortiqroq bo’lgan silindrlar gilzalarining zichlash xalqalariga mo’ljallangan uyalar singanda blok yaroqsizga chiqariladi. Darzlar, siniqlar va teshiklar elektr yoy yordamida yoki gaz alangasida yamoq solib payvandlanadi va ular boltlar bilan mahkamlanadi, epoksidli smola asosidagi polimer materiallardan yamoq solib yamaladi. Katta yo’qlanish tushmaydigan joylardagi darzlar shtiftlar yoki shakldor zichlash maxkamlari quyib yamaladi.Taqsimlash vali vtulkasining yoyilgan teshiklari remont o’lchamli vtulkaga moslab yo’nib kengaytiriladi. Vtulka teshiklari, val tayanchi remont o’lchamiga moslab yo’nib kengaytiriladi yoki teshiklari kichraytirilgan vtulka quyib tiklanadi va taqsimlash vali tayanchlari shu teshiklar bo’yicha jilvirlanadi. O’zak podshipniklar vkladishlari o’tkaziladigan joylar (uyalar) qoplama qilib payvandlash, Po’latlash yoki epoksidli smola asosida tarkiblar bilan tiklanadi. Silindrlar, asosan, porshen xalqalari harakatlanadigan joyidan yeyiladi Silindrning ish sirti, kesimi bo’yicha oval shaklida yoyiladi (ovalning katta o’qi shatunning tebranish tekisligida bo’ladi), balandligi bo’yicha esa cho’qkisi pastga karagan konus shaklini oladi. Silindrlar yoyilib, silindr-porshen tutashmasidagi zazor remontsiz yo’l quyiladigan qiymatdan ortib ketganida ular keyingi kattalashtirilgan remont o’lchamiga moslab yo’nib kengaytiriladi va xoninglanadi, shundan keyin tegishli diametrdagi porshenlar bilan o’lcham guruhi bo’yicha komplektlanadi. Traktor dvigatellari bloklarining gilzalari uchun 0,7 mm ga oshirilgan bittadan remont o’lchami belgilanadi (YaMZ-236, YaMZ-238NB, YaMZ-240B, A-01 va A-41 dvigatellari gilzalar uchun remont o’lchami 0,5 mm ga oshirilgan). Hamma avtomobil dvigatellari uchun asosan 0,5 mm interval bilan uchta remont o’lchami belgilangan. Silindrlar 278 N va 279 N tipli maxsus vertikal – yo’nish stanoklarida yo’nib kengaytiriladi. Bunda gilzalar maxsus moslamalar yordamida yo’nib kengaytiriladi. Yo’nib kengaytirishdan oldin Hamma silindrlarning diametrlari, ayniqsa yuqorigi porshen xalqalari ishlaydigan joyidagi diametrlari o’lchanadi va silindrning yo’nib kengaytirish uchun eng yaqin remont o’lchami aniqlanadi. Keskichni o’rnatish o’lchami quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling