1. Val va o’qlarni to’g’rilash. Rezbali birikmalarni remont qilish


Download 72.5 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1631279
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Blok silindrni tiklash


Blok silindrni tiklash

Reja:



1.Val va o’qlarni to’g’rilash.
2.Rezbali birikmalarni remont qilish
3.Shlitsali va shponkali birikmalarni remont qilish
4.Dvigatel blok va silindrni remont qilish
5.Porshen barmoqlari va xalqalarni remont qilish
6.Shatun va tirsakli vallarni tiklash.
7.Taqsimlash vallari va klapan uyalarini remont qilish
Tayanch iboralar: Namunaviy birikma,namunaviy detal, val, o’q, to’g’rilash, rezbali birikma, tslitsali va shponkali birikma, dvigatel, blok, silindr, shatun-porshen guruxi, taqsimlash vali va klapan uyalari
1. Val va o’qlarni to’g’rilash
Val va o’qlarning asosiy nuqsonlari: sirtlarining yeyilishi, podshipniklar o’rnatilgan joylarining yeyilishi, bo’g’ilishi, buralishi, rezbalarini, shponka va shlitsli joylarini yeyilishlari.
Val va o’qlarni nuqsonlariga qarab, turli xil texnologik uslublar yordamida tiklanishi mumkin.
Bu o’qilishni prizmalarda, maxsus moslama markazlarida yoki tokarlik stanogi markazlarida indikatorlardan foydalanib tekshiriladi.
Vallar issiqlayin yoki sovuq xolda to’g’rilanadi. Presslarda yoki maxsus moslamalarda sovuq xolda to’g’rilash eng qulay va arzon usuldir.
Vallarning yoyilgan o’tkazish (posadka) joylari eritib quyish (flyus qatlami ostida, tebranmay usulida va boshqalar), galvanik qoplamalar, metallash, elektroMexanik ishlov berish bilan shuningdek, polimer qoplamalari yordamida tiklanadi.
2. Shlitsali va shponkali birikmalarni remont qilish

50 mm dan kichik diametrli vallarning shlitsli ariqchalari payvandlanib, nominal o’lchamli shlitslar qirqiladi. Ariqchalarni dastaki yoki vibroyoy vositasida suyuqlantirib qoplab payvandlashda vallar tob tashlamasligi uchun valiklar shlitslar bo’ylab diametral qarama-qarshi tomondan galma-galdan shlitsli ariqchalarga quyiladi. E-42 va E-46A – elektrodlar qo’l da, vibroyoy yordamida Np-30 simi va sovitish suyuqligi ishlatiladi.


Po’lat flanetslar, cho’pchaklar va boshqa detallardagi yoyilgan shlitslar siqib tiklanadi. Detal boglanish tempratursigacha qizdiriladi, vtulka teshigiga shlitsli sovuq val kirgiziladi va keyin maxsus puanson hamda matritsa yordamida to’qmok ostida siqiladi. So’ngra detalga termik ishlov beriladi.
Chuyan detallardagi ichki shlitslar tiklanmaydi. Ba‘zan, agar detal konstruktsiya imkon bersa, yoyilgan shlitslar yo’naladi va teshikka yangi yasalgan vtulka presslab kirgiziladi. Yo’nib kengaytirilgan teshik deametri 0,5...1,5 mm shtiftlar yordamida mahkamlanadi.
Eng katta o’lchamgacha yoyilgan shponkalar tiklanmaydi. Shponka ariqchalari frezalanadi, katta o’lchamli yangi shponkalar quyiladi.
Ko’p yoyilgan shponka ariqchalari butunlay payvandlanib, yangi joyda nominal o’lchamli ariqcha qirqiladi, (faqat ayrim xollarda).



Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling