1-variant Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Korxona hisob siyosatini o‘rganish (tekshirish)


Download 348.77 Kb.
bet27/89
Sana26.03.2023
Hajmi348.77 Kb.
#1297467
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
Bog'liq
hammasi faqat 35-45 gacha yuq

2. Korxona hisob siyosatini o‘rganish (tekshirish).
BXMS, ma’lumotlar manbai, maqsad, aniqlash ishlari, anketa-test, tashkiliy-texnik masalalar, uslubiy masalalar, soliqqa oid masalalar.
№ 1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq hisob siyosati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hiso-botni tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to’plamini ifodalaydi. Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan №1 BHMS asosida tuzilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli yillar uchun taqdim qi-lingan moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlar taqqoslanuv-chan, hamda boshqa aloqador BHMS lar asosida shakllantirilgan bo’lishi lozim.
Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:

  • tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish);

  • buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;

  • tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati;

  • hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;

  • ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;

  • quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.



Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar:
hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o’tgan yilgidan farq qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari;
hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan hisob siyosatidagi o’zgarishlar;
hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar va xo’-jalik faoliyatining shartli faktlari, muomalalarni to’xta-tish, bitta aksiyaga yoki 1 so’mlik payga to’g’ri keladigan foyda.
Ushbu maqsadda hisob siyosati to’g’risidagi taqdim etilgan buyruq (farmoyish) test sinovidan o’tkaziladi. Buning uchun auditor tekshiriladigan korxona rahbariga taxminan quyidagi mazmundagi anketani to’lg’azishni tavsiya qiladi. Hisob siyosati to’grisidagi buyruqni dastlabki tekshirish uchun anketa-test. Bunday tartibda test sinovi o’tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining qaysi jihatlari to’liq yoritilmagan-ligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa qilishga yordam beradi. Ko’p hollarda quyidagi masalalar hisob siyosatida o’z aksini topmaydi:

I. Tashkiliy - texnik masalalar.



  • hujjatlar aylanish qoidalari va reja - grafigi;

  • ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar);

  • ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o’zi, taftish komissiyasi);

  • buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to’g’risidagi Nizom va buxgalteriya yoki moliya hisob markazi(MHM) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti;

  • inventarizatsiya o’tkazish tartibi.

II. Uslubiy masalalar.



  • materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat qilish usullari;

  • umum ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xarajatlarni taqsimlash tartibi;

  • davr sarflarini hisobdan o’chirish tartibi;

  • tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash.

III. Soliqqa oid masalalar.



  • alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari bo’yicha, sotilgan tovarlar bo’yicha, har xil stavkalarda QQS solinadigan, QQS solinmaydigan va hokazo);

  • ijtimoiy soha ob’ektlarini alohida hisobga olishni tashkil etish (mulklar imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishlarda birga qo’shib ishlatilgan hollarda mulk solig’i bo’yicha imtiyozga huquq olish uchun).



Download 348.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling