1-variant Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Ichki audit xizmatining vazifalari


Download 348.77 Kb.
bet56/89
Sana26.03.2023
Hajmi348.77 Kb.
#1297467
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
Bog'liq
hammasi faqat 35-45 gacha yuq

2. Ichki audit xizmatining vazifalari.
Huquqiy asos, tashkil etish, asosiy maqsad, asosiy vazifalar(4). Funksiyalar(4).
Ichki nazorat tizimi samarali ichki audit funksiyasi uchun dastlabki shartlardan hisoblanadi. Ichki audit funksiyasi organ (maxsus tuzilgan ichki tarkibiy bo’linma) tomonidan amalga oshiriladi, uning tomonidan rahbariyatga ichki nazorat tizimi samarali faoliyat yuritmoqda va iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga nazorat tizimining hissasi bo’yicha tavsiyalar beradi.
Ichki audit- mustaqil auditorlar tomonidan amalga oshiriladi, ular faqat tashkilot rahbariga hisob beradi va ichki nazorat tizimini to’g’ri tuzilganligini ham tekshiradi.
Ichki auditning maqsadi:tavsiyalarni tuzish, rahbariyat tomonidan hisobga olinadigan majburiy tadbir hisoblanadi. Кamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish rahbariyat javobgarligi hisoblanadi.
Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari:
-kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
-ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.


Ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari:

har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo’yicha);


tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o’tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega:
- ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;
-ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.

Download 348.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling