1-variant Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 348.77 Kb.
bet58/89
Sana26.03.2023
Hajmi348.77 Kb.
#1297467
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Bog'liq
hammasi faqat 35-45 gacha yuq

Ajralmas risk
Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xaraktyerga ega bo‘lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta’sir ko‘rsatadi.
Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi.
Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o‘z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak.
Ajralmas riskni baholashda auditor o‘tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblarda moddiy jihatdan buzib ko‘rsatish ehtimolining darajasi katta bo‘ladi.
Naqd pullar o‘g‘irlanishga moyil bo‘ladi.
Nisbatan barqaror haqiqiy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo‘lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.
Texnologik yutuqlar zaxiralarning sezilarli oshishiga sabab bo‘lib, har qanday muayyan mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin.
Inqiroz holatidagi tarmoqda bo‘lgan va biznesda ko‘pgina muvaffaqiyatsizliklarga uchragan hamda yetarli darajadagi oborot kapitali ega bo‘lmagan mijozning kompaniya rahbariyati moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatishga moyilligi bo‘ladi.
Nazorat riski
Nazorat riski xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan va muntazam ravishda qo‘llanadigan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida olingan yoki umumiy holatda jiddiy buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlamasligi va ularni tuzatmasligi va (yoki) bunday buzilishlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilaolmaslik ehtimolini ifodalaydi.
Nazorat riski xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi.
Auditor o‘z kasb malakasidan foydalanib, audit davomida xo‘jalik yurituvchi subyektning nazorat tizimini, nazorat muhitini va alohida nazorat vositalarini baholashi shart.
Nazorat vositalari riskini baholash uchun auditor nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazishi kerak.
Nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazish quyidagilardan iborat:
Moliya-xo‘jalik operatsiyalarini o‘tkazishni aks ettiradigan hujjatlarni tekshirish va shu munosabat bilan auditorlik dalillarini olish nazorat vositalarining yetarli tarzda faoliyat ko‘rsatganligini aniqlash.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjatlar bilan tasdig‘ini olish imkoni bo‘lmagan hollarda, nazorat vositalarining faoliyat ko‘rsatishiga oid auditorlik dalillarini olish maqsadida operatsiyalarni rasmiylashtirish ustidan kuzatuvlar va so‘rovnomalar o‘tkazish.
Nazorat vositalarining ish qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun boshqa auditorlik tartib-taomillarining natijalaridan foydalanish.
Nazorat riskini baholashda auditor, o‘tgan yillar auditining materiallaridan foydalanishi mumkin,
bunda u ana shu tegishli nazorat vositalari uchun o‘tgan yillarda baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Nazorat riskini baholash natijalarini auditor auditning umumiy rejasida aks ettirishi kerak.

Download 348.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling