1-variant. Guruh Ismingiz ­


Download 482.5 Kb.
bet20/25
Sana02.01.2022
Hajmi482.5 Kb.
#191764
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Масала йечишда тест

20-variant.
Guruh___________
Ismingiz ________________

1. Quyidagi ifodalardan qaysi biri kimyoviy elementga tegishli emas?

1) kislorodning elektromanfiyligi 3,5 ga teng.

2) kislorod elektr toki yordamida ozonga aylanadi.



3) simobning zichligi 13,6 g/sm3 atrofida.

4) kulrang selen elektr tokini qizil selendan ancha yaxshi o’tkazadi.



5) protiy, deyteriy va tritiy vodorodning izotoplaridir.

A) 1,2,4,5 B) 3,4,5 C) 1,5 D) 2,3,4 E) faqat 5


2. 11,64 mg aluminiy digidropirofosfat tarkibidagi atomlar sonini hisoblang.

A) 7∙1022 B) 7∙1019 C) 42,2∙1019

D) 4,7∙1023 E) 0,422∙1020
3. 2 mol kaliy geksasiyanoferrum(III) ning massasini aniqlang.

A) 442 B) 884 C) 329 D) 658


4. FeSO4 ∙xH2O tarkibida vodorodning massa ulushi 5,04%. “x” ni aniqlang.

A) 7 B) 10 C) 4 D) 5 E) 6


5. Bir xil sharoitda bir xil massada olingan qaysi gazning hajmi boshqalarnikidan kattaroq?

A) SO2 B) C4H10 C) CH3SH D) CO2 E) Cl2
6. N.sh.da metan va kislorod aralashmasining zichligi 1g/l keladi. Aralashmadagi metanning moddaning massa ulushini aniqlang.

A) 51 B) 43 C) 33 D) 67 E) 57


7. Modda bug’larining 21g massasi 20oC va 0,25·105 Pa bosim ostida 22 litr hajmni egallaydi. Moddaning molekulyar massasini aniqlang.

A) 93 B) 64 C) 44 D) 29 E) 17


8. Kumushning massa ulushi 87% bo’lsa, alyuminiy bilan kumush birikmasining formulasini ko’rsating.

A) Ag2Al3 B) AgAl2 C) Ag5Al3 D) Ag3Al2 E) Ag2Al


9. 2,86 g dimetilizopropilamin - (CH3)2NCH(CH3)2 tarkibidagi vodorod atomlari soni – ……

A) 2,43 ∙1023 B) 2,57 ∙1023 C) 3,74 ∙1022

D) 7,9 ∙1023 E) 9,5 ∙1023
10. Hajmi 2,24 litr (n.sh.) bo’lgan uglerod oksidlari ara-lashmasidagi elektronlar soni 9,03 ∙1023 ta ekanligi ma’lum bo’lsa, aralashmadagi uglerod(II)oksidning hajm ulushi qanchaga teng?

A) 0,875 B) 0,33 C) 0,24 D) 0,67 E) 0,43

11. Misning nisbiy atom massasi 63,54 bo’lsa, uning ikkita izotopi 63Cu va 65Cu lardan 63Cu ning mol ulushini (%) hisoblang.

A) 72,5 B) 74 C) 71 D) 72 E) 73


12. Quyida keltirilgan molekula va ionlar tarkibidagi proton, neytron va elektron yig’indisi ortib borish tartibida joylashtiring.

1) metan 2) vodorod ftorid 3) gidroksoniy kationi

4) deyterometan 5) o’ta og’ir suv (T2O)

A) 3,5,2,1,4 B) 5,2,4,3,1 C) 1,4,2,5,3 D) 1,3,2,4,5


13. Benzol, siklogeksen va siklogeksandan iborat aralashma katalitik degidrogenlanganda 1,3 mol vodorod va 46,8 g benzol hosil bo`ldi. Boshlang`ich aralashmaning 32 g bromni biriktirishi ma’lum bo`lsa, udagi siklogeksanning massa ulushini hisoblang.

A) 0,55 B) 0,51 C) 0,7 D) 0,8


14. 7,5 g mis kuporosini suvda eritib 6% li eritma olindi. Ushbu eritmadan 10% li eritma olish uchun 4M li (p = 1,25 g/ml) eritmadan qanday hajmda kerak?

A) 6,2 B) 7,3 C) 8,9 D) 10,5


15. Elementdagi radiaktiv yemirilish jarayonida ikkitadan α, β va γ-zarrachalar chiqqanda quyidagi sxemani yozish mumkin:

Shu jarayonda hosil bo’ladigan element uchun A` va N` qiymatlarini toping.

A) A`= A – 8, N`= N – 2 B) A`= A – 4, N`= N – 2

C) A`= A – 4, N`= N – 1 D) A`< A, N`= N

D) A` = A, N`= N - 2
16. 250Cf → xα + y-β + 5γ + 238Cm

Ushbu yadro reaksiyasida 3,614 ·1020 dona elektron ajralsa, reaksiyaga kirishgan kaliforniy izotopining miqdorini (mg) hisoblang.

A) 31 B) 49 C) 37,5 D) 43,5
17. Davriy sistemadagi tartib raqamlari E = 16; T = 17; X = 18; Z = 19 bo’lgan elementlarni ionlanish potensiyali ortib borish tartibida joylashtiring.

A) E < T < X < Z B) T < S < Z < K C) Z < E < T < X

D) X < Z < T < E E) E < Z < X < T
18. Eng yuqori oksidi E2O5 bo’lgan, gidrididagi vodo-rodning massa ulushi 3,85% ni tashkil etgan elementni toping.

A) As B) Sb C) Bi D) P E) N


19. Quyidagi oksidlar qatorining qaysi birida kislotada eriydigan oksidlar berilgan?

A) Mn2O7, MnO3, MnO2, Mn2O3, MnO

B) Li2O, BeO, B2O3, CO, N2O5

C) Na2O, MgO, Al2O3, SrO, SnO2

D) SO2, SO3, P2O5, N2O3, CuO

E) B2O3, ZnO, CO2, BeO, P2O3


20. Quyidagi gidroksidlarni kislotalik xossasi kuchayib borish qatorida joylashtiring.

1) Be(OH)2 2) Ca(OH)2 3) B(OH)3 4) Sr(OH)2 5) Al(OH)3

A) 2,4,5,1,3 B) 4,2,1,5,3 C) 3,5,1,4,2

D) 3,1,5,2,4 E) 3,5,1,2,4


21. N.sh.da 56 litr SO3 dan necha gramm sulfat kislota olish mumkin?

A) 245 B) 200 C) 225 D) 290 E) 250

22. Xrom(III)digidroksosulfat tarkibidagi σ-bog’lar sonini toping.

A) 12 B) 16 C) 14 D) 20 E) 24


23. Quyidagi o`zgarishlarni amalga oshirish uchun qaysi qatordagi moddalardan foydalanish kerak?

Ca → CaH2 → Ca(OH)2 → CaCO3 → Ca(HCO3)2

A) H2, KOH, H2CO3, H2CO3 B) H2, Fe(OH)2, H2CO3, H2O

C) H2, H2O, CO2, H2CO3 D) H2, Cu(OH)2, H2CO3, H2O

E) H2, H2CO3, H2, CO2
24. Temir kuporosi va mis kuporosi aralashmasida suvning massa ulushi 0,4. Aralashmadagi mis sulfatning massa ulushini (%) hisoblang.

A) 57 B) 43 C) 36,5 D) 14,6 E) 21,9


25. Birikmalarni bog’lari qutbliligi ortib borishi qatorida joylashtiring.

1) PH3 2) CH4 3) NH3 4) HBr 5) SiH4

A) 5,1,2,3,4 B) 3,4,2,1,5 C) 5,1,2,4,3

D) 2,3,4,1,5 E) 1,5,2,4,3


26. Markaziy atom orbitalli sp3-gibridlangan holatdagi zarrachalarni ko’rsating.

1) ortofosfat anioni 2) berilliy xlorid 3) suv

4) sulfat angidrid 5) karbonat angidrid

A) 2,3 B) 1,5 C) 1,3 D) 4,5 E) 3,4


27. Quyidagi birikmalarni tarkibidagi donor-akseptor bog’lari soni ortib borish tartibida joylashtiring.

1) qizil qon tuzi 2) azot(V)oksid

3) alyuminiy nitrat 4) gidroksoniy kationi

A) 1-3-2-4 B) 4-2-3-1 C) 2-1-3-4 D) 3-1-4-1 E) 4-1-3-2


28. Qaysi xususiyatlar kovalent bog`lanishli moddalar uchun xos?

1) qaynash va suyuqlanish temperaturalari past;

2) to`yinuvchanlik va yo`naluvchanlik hususiyatlarga ega.

3) eritmalari va suyuqlanmalari elektr tokini yaxshi o`tkazadi;

4) qutbli erituvchilarda yaxshi eriydi;

5) elementlarning valentligi hosil bo`lgan juft elektronlar soniga bog`liq.

A) 1,2,5 B) 2,3,5 C) 1,2,4 D) 1,3,4,5 E) 1,2,4,5
29. Fosfat kislota molekulasidagi fosfor atomining gibridlanish turi va bog’larni hosil qilishda qatnashgan orbitallar xillari va ular sonini ko’rsating. Molekulada taqsimlanmagan elektron juftlar (ular soni Ct) mavjudmi?

1) s-3 2) p-1 3) p-2 4) d-1 5) sp2-2 6) sp2-1

7) sp3-4 8) sp3 =10 9) St=4 10) St=8 11) St=12

A) sp3,1,3,4,5,8,10 B) sp2,2,4,5,7,11 C) sp2,2,4,6,9,10

D) sp3,1,2,4,6,8,10 E) sp3 1,3,4,6,8,10
30. Gidroksoniy kationida kislorodning valentligi, oksidlanish darajasi, gibridlanishi va molekula shakli qanday?

A) III, -3, sp3, teraedr B) III, -2, sp3, piramida

C) II, -2, sp3, tetraedr D) III, -3, sp2, piramida

E) III, -2, sp2, yassi uchburchak




Download 482.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling