1-Variant Iqtisodiyotni raqamlashtirish
Download 23.66 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron tijorat nima va uning iqtisodiyotni raqamlashtirishdagi orni
- Kriptografiya va blokcheyn texnologiyasining farqi Grek tilidan tarjima qilganda kriptografiya
1-Variant Iqtisodiyotni raqamlashtirish Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2018 йилнинг 3 июлида«Ўзбекистон Республикасида рақамли иқтисодиётни ривожлантириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида»ги ПҚ-3832 сон қарорни имзолади. Қарорда рақамли иқтисодиётни ривожлантириш бўйича енг муҳим вазифалар белгилаб берилган. Raqamli iqtisodiyot – bu innovatsion gʻoya. Ushbu fikr Jahon banki tomonidan 2016-yil “Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli dividendlar” ma’ruzasida ma’lum qilingan. Ushbu tadqiqot xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini koʻrsatadi. Elektron tijorat nima va uning iqtisodiyotni raqamlashtirishdagi o'rni Elеktron tijorat faoliyati O’zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to’g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta'minlaydi. Elektron tijorat – bu kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalarini va shu kabi operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan biznes jarayonlarini oʻz ichiga olgan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi. Elektron tijoratga quyidagilar kiradi: Elektron ma’lumot almashish (Electronics Data Interchange, EDI); Elektron kapital harakati (Electronic Funds Transfer, EFT); Elektron savdo (inglizcha e-trade); Elektron pullar (e-cash); Elektron marketing (e-marketing); Elektron bank (e-banking); Elektron sugʻurta xizmatlari (e-insurance). Kriptografiya va blokcheyn texnologiyasining farqi Grek tilidan tarjima qilganda kriptografiya so’zi “mahfiy yozuv” ma’nosini anglatadi. Kriptografiyaning klassik masalasi qandaydir boshlang’ich matnni (ochiq matnni) qandaydir qoidalar yordamida shifrlangan ko’rinishga o’tkazishdir. Bunda qandaydir belgilarning tasodifiyga o’xshagan ketma-ketligi shiromatn yoki kriptogramma deb ataladi. Ochiq matnni oddiy inson tomonidan tushunarsiz xolatga o’tkazish jarayoni fan tili bilan shifrlash yoki deshifrlash atamalari bilan ham nomlangan. Shifrlash deganda barcha tomonidan tushuniladigan va ochiq ma’lumotlarni shifrlangan ma’lumotlarga (shifrlangan matnga) o’zgartirishga aytilsa, deshifrlash deganda shifrlangan ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlarga o’zgartiruvchi teskari jarayonga aytiladi. Shifrlash usuli (shifr) deb, shifrlash algoritmiga binoan ochiq informatsiyani berkitilgan (tushunarsiz) informatsiyaga o’zgartiruvchi amallar majmuasiga aytiladi. Ko’pchilik shifrlash tizimlari vaqtning beshavqat sinovlariga dosh bera olmadi, boshqalaridan esa xozirgi davrgacha foydalaniladi. Hisoblash mashinalari, komp’yuter tarmoqlari va internetning paydo bo’lishi ma’lumotlarni shifrlash-deshifrlashning ko’pgina yangi usullarining yaratilishiga turtki bo’ldi. Blokcheyn (ingl. blockchain – bloklar zanjiri) – ma‘lum qoidalarga ko‗ra tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri (bir-biriga bog‗langan ro‗yxat). Bloklar – tizim ichidagi tranzaksiyalar, bitimlar va shartnomalar to`g`risidagi kriptografik shaklda namoyon bo‗lgan ma‘lumotlardir. Barcha bloklar ba‘zi bir yoki barcha so‗nggi tranzaksiyalar yoziladigan zanjirdan tuzilgan. Yozib olish tugagandan keyin blok doimiy ma‟lumotlar bazasi rolini o`ynaydigan umumiy zanjirga qo‗shilib ketadi. Navbatdagi blok tugashi bilanoq keyingisini yaratish boshlanadi. Blokcheynda ma‘lumotlarni yozib olish yanada xavfsizroq aloqani ta‘minlaydigan kriptografiya protokollari yordamida, hamda ma‘lumotlarni uzatishning bank tarmoqlarida amalga oshiriladi. Blokcheyndagi barcha ma‘lumotlar yig‗ilib boradi va muntazam to‗ldirilib boriladigan ma‘lumotlar bazasini shakllantiradi. Ushbu ma‘lumotlar bazasidan hech narsani o‗chirib bo‗lmaydi yoki blokni almashtirib/o‗zgartirib bo‗lmaydi. Bu blokcheynning asosiy jihatlaridan biridir. Blokcheynning quyidagi turlari mavjud: Ommaviy blokcheyn – ochiq, to‗ldirib boriladigan ma‘lumotlar bazasi. Blokcheynning bunday turi Bitcoin kriptovalyutasida ishlatiladi. Har bir ishtirokchi ma‘lumotlarni yozib va o‗qiy oladi. G`ayri rasmiy yoki xususiy blokcheyn ma‘lumotlarni yozib olish/o‗qish bo‗yicha cheklovlarga ega. Ustuvor tugunlar o‗rnatilishi mumkin. Private Blockchain kenja turi – eksklyuziv blokcheyn. Bunday zanjirda tranzaksiyalarni qayta ishlash bilan shug‗ullanadigan bir guruh shaxslar aniqlanadi. Konsorsiumli blokcheyn. U shaxsiy yopiq tarmoq bir necha kompaniyalar yoki davlat tuzilmalariga kerak bo‗lgan vaziyatlarda yaratiladi. Blokcheynning asosiy tamoyillari Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash; Xavfsizlik va himoyalanganlik; Ochiqlik va shaffoflik; Yozilganlarning o‗zgarmasligi. Download 23.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling