1-variant javoblari. Arxeografiya fanining ijtimoiy, siyosiy va madaniy ahamiyati


O‘zbekistonda noshirlik ishi tarixi -


Download 57 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi57 Kb.
#1642984
1   2   3   4
Bog'liq
1 variant

O‘zbekistonda noshirlik ishi tarixi - Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng noshirlik ishida keskin oʻzgarish boʻldi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 30-avgust) huquqiy asos boʻldi. Mazkur qonun asosida noshirlar oʻz faoliyatlarida, shu jumladan, noshirlik yoʻnalishini, mavzularini, ixtisoslashuvini, chiqariladigan mahsulot nusxasini belgilashda, muallifni tanlashda mustaqil faoliyat yuritadigan boʻldi. Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganidan va litsenziya olganidan keyin N. faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlishdi. Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalar va materiallarni senzuradan oʻtkazish bekor qilindi. Matbaa mahsulotini shartnoma asosida tarqatish joriy etildi. Nashriyotlar bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, haridorgir kitoblar nashr etishga harakat qila boshladilar. [[Kitob mahsulotlari mazmun-mundarijasini belgilashda ularga toʻla erkinlik berildi. Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oʻzbek tilidagi kitoblar salmogʻi oshdi. Amir Temur mavzui, buyuk mutafakkirlar, diniy, milliy qadriyatlar bilan bogʻliq oʻnlab kitoblar chiqarildi. Bolalar adabiyoti, ilmiy adabiyotlar nashriga, istiqlol, milliy tafakkur gʻoyalari singdirilgan, sharqona odob-axloq, birodarlik, milliy gʻururni koʻtarishga undaydigan adabi-yotlarga, maktab darsliklari nashriga alohida eʼtibor berildi. "Oʻzbekiston" nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning iqtisodiy islohotlar, ularni amalga oshirish yullari, mamlakat ijtimoiy va maʼnaviy hayotni soglomlashtirish, milliy qadriyatlarni tiklash, anʼanalarni boyitish va shahrik.ga ba-gʻishlangan dasturilamal kitoblari nashr etildi. Oʻzbekiston noshirlik ishiga rahbarlik qilib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002-yil 3-iyul)ga binoan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tash-kil etildi. Agentlik zimmasiga, bosh-qa vazifalar qatori, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng miqyosda rivojlantirishga koʻmaklashish, amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, noshirlik-matbaachilik faoliyatining ishlab chiqarish-texnika bazasini rivojlantirish va yangilash, standartlashtirish hamda sertifikatsiyalash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling