1-variant maktabgacha ta’lim


“Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur


Download 35.98 Kb.
bet4/4
Sana22.01.2023
Hajmi35.98 Kb.
#1108891
1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya

“Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur...
Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir...”2
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib,pedagogika tushunchasini tarixiy taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak bo’ladi: pedagogika jamiyatning ta’lim va tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan ilm – fan va amaliy faoliyat sohasidir.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o‘tkazish mumkin emasligini uqtiradi.
Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funksiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi – obyektni nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi – tadqiqotchi uchun aniq mo‘ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi – nazariy va me’yoriy.
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot obyekti va predmetining metodologik tahlili.
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:
pedagogikani obyektiv borliqni ma’naviy jihatdan o‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;
pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash;
maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; atamalarning bir xil qo‘llanilishi;
pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;
12. Pedagogik takt va pedagogik odob



1Абу Наср Форобий. Бахт-саодатга эришув ҳақида. Рисолалар. –Т.: “Фан”, 1975, 76-бет.

2


Download 35.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling