1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun


-variant 1 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi


Download 280.88 Kb.
bet30/39
Sana20.11.2023
Hajmi280.88 Kb.
#1789933
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Bog'liq
1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qil

24-variant
1 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi

Mahalliy davlat hokimiyatininh tashkil topishi. Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonun (1993-yil 2-sentabr), Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida”gi Qonun (1994-yil 5-may) asosida amalga oshirildi.Konstitutsiyaning 99-moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va ijro hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi. Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasida „Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir, deb aniq belgilab qoyildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga b o’sunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi.“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko’ppartiyaviylik, muqobillik asosida o’tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko’p bo’lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko’p bo’lmagan deputatlar 5 yil muddatga aylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-yildan e‘tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo’lib o’tdi. Jumladan, 1999-yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi


2 Islomda fan va ta’lim

Download 280.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling