1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun
-variant 1 O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining barpo etilishi
Download 280.88 Kb.
|
1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etikaning moxiyati va axamiyati
5-variant
1 O’zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog’iston davlatining barpo etilishi. Qoraqalpog’iston jamoatchiligining O’zbekiston tarkibida davlat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosga ega bo’lishga intilishi O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya» qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda o’zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e‘tirof etildi.1991 yil 11 noyabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining Prezidenti lovozimi joriy qilinadi. Ushbu lavozimni Davlatboy Shamshetov egalladi. Ammo bu lavozim 1992 yil 20 iyunda tugatildi va uning o’rnida Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi Raisi lavozimi joriy qilindi. 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog’iston Respublikasi qayta tashkil etildi.Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (XVII bob, 70-75-moddalar) o’z aksini topdi. Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat‘iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilanganidek, Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi ( Etikaning moxiyati va axamiyati “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o’z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o’rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o’z qonunlari va kategoriyalariga ega bo’lib, ular orqali o’z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so’zi aslida arabcha so’z bo’lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o’ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko’rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o’ziga xos ko’rinishini anglatadi. Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi. Download 280.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling