1-variant “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani, predmeti, ob’yekti, uning maqsadi va vazifalari


O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi


Download 0.55 Mb.
bet5/37
Sana03.06.2024
Hajmi0.55 Mb.
#1840428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
javoblar 1dan 10gaca 22dan27gaca

2.O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi.
Demokratiyani, jamiyatni rivojlantirishning tezlashuvi davlatchilik tizimining asta-sekin yangilanishi, prezidentlik lavozimining demokratik tabiatini belgilovchi kafolatlarning SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlanish 1990 yilda Sovet Ittifoqida prezidentlik lavozimining ta`sis etilishiga olib keldi. Shundan so’ng, ittifoqdosh respublikalarda ham prezidentlik lavozimlari ta`sis etilib, respublikalar prezidentlik boshqaruviga o’ta boshladilar. O’zbekiston Respublikasi ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo’lib prezidentlik boshqaruviga o’tdi va respublikada Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi.«Prezident» tushunchasi Konstitutsiyaviy – huquqiy ma`noda davlat boshlig’ini anglatsa, lug’aviy ma`nosi «oldinda o’tiruvchi» yoki «yuqorida o’tiruvchi» demakdir.Prezident davlatni jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta`minlashi lozim.
Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning oliy vakilligini amalga oshiradi.
O’zbekistonda Respublikasida prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ta`sis etildi va shu munosabat bilan O’zbekistonning 1978 yil Konstitutsiyasiga Respublika prezidenti haqidagi maxsus 12-bob kiritildi. Respublika Konstitutsiyasiga 118 – moddada O’zbekiston Respublikasi prezidenti davlat boshlig’i deb e`lon qilindi.O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida xalq deputatlari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylandi.1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan respublika prezidentligiga saylov «O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to’g’risida»gi 1991 yil 18 noyabr Qonuniga asosan amalga oshirilgan. 1991 yil dekabridagi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik vaqtida ushbu lavozimga ikkita nomzod: O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasidan I.A.Karimov va «Erk» partiyasidan uning rahbari M.Solih ko’rsatilgan edi.Saylov to’g’risidagi qonunga asosan, Markaziy saylov komissiyasi tushgan hujjatlarni ko’rib chiqib, ikkala nomzodni ro’yxatga oldi.Markaziy Saylov Komissiyasi 1991 yil 30 dekabrda saylov natijalarini yakunlab, saylov to’g’risidagi qonunning 35-moddasiga asosan, saylovchilarning 86 foiz ovozini to’plagan I.A.Karimov 1991 yil 29 dekabrdagi saylovda saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ekanligi to’g’risida qaror chiqardi .O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunnasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab, o’z lavozimini bajarishga kirishadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament deputatlari oldida tantanali ravishda qasamyod qabul qiladi. Qasamyod qabul qilishda Prezidentning qo’l ostida Konstitutsiya matni bo’ladi. Prezident O’zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning konstitsiya va qonunlariga qat`iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident qasamyod qabul qilishi bilan, davlat madhiyasi ijro etiladi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bo’lib saylansa, qasamyod takroran qabul qilinadi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling