8. Tagiga chizilgan so’zlar gapning qaysi bo’lagi vazifasida kelgan?
Ko’ngliga kelgan gapni ochiq aytishga Nizomjonning sira tili bormadi.
A. Aniqlovchi
B. Birikmali vositali to’ldiruvchi
S. Birikmali vositasiz to’ldiruvchi
D. Ravish holi
9. Keltirilgan misolda gapning qaysi bo’laklari uyushib kelgan? Yozuvchining qanaqa asarlar yozayotganiga, qanday yozishiga qiziqadilar.
A. Ega B. Kesim S. To’ldiruvchi D Birikmali vositali to’ldiruvchi
10. Misolda gapning qaysi turi berilgan?
Yaxshidir achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg’on yomon.
A. Sodda gap B. Uyushiq bo’lakli gap
S. Bog’lovchisiz qo’shma gap D. Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gap
11. Misolda tagiga chizilgan so’zlar gapning qaysi bo’lagi vazifasida kelgan?
Jahongirov qanchalik obro’ga ega ekanligini namoyish qildi.
A. Sodda ot kesim B. Ot kesim
S. Sostavli ot kesim D. Birikmali kesim
12. Tagiga chizilgan so’zlar gapning qanday so’z birikmasi ekanligini belgilang. Biz jismonan baquvvat va sog’lom avlodni tarbiyalaylik.
A. Sodda so’z birikmasi
B. Ravish boshqaruvli so’z birikmasi
S. Sifat boshqaruvli so’z birikma
D. Ot boshqaruvli so’z birikma
13. Berilgan gap qo’shma gapning qaysi turiga kiradi?
Til boshqayu, dil birdir, chunki el birdir.
A.Sabab ergash gap B. Bog’langan qo’shma gap
S.Ko’p komponentli qo’shma gap D.Bog’lovchisiz qo’shma gap
14. Gapning tuzilishiga ko’ra qaysi turligini aniqlang.
Nur borki, soya bor.
A. Shart ergash gap B. Sabab ergash gapli qo’shma gap
S. Payt ergash gapli qo’shma gap D. Bog’langan qo’shma gap
15. Qo’shma gapning sodda gapdan farqini belgilang.
A. Ikki gapning birlashuvidan tuzilgan.
B Ikki gapning mazmunan birikishidan tuziladi.
S. Gaplarning grammatik jihatdan birikishuvidan tuzilgan.
D. Ikki va undan ortiq sodda gaplarning mazmuni va grammatik jihatdan, intonasiyasiga
ko’ra birikuvidan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |