Ona tili (qo‘shma gap sintaksisi)dan test savollari
1-variant
1. Qo’shma gapning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang.
A. Bog’langan qo’shma gap,ergashgan qo’shma gap
B. Bog’langan qo’shma gap,ergashgan qo’shma gap,bog’lovchisiz qo’shma gap
S. Ergashgan qo’shma gap bog’lovchisiz qo’shma gap
D. Ikki komronentli qo’shma gap,ko’p komronentli qo’shma gap
2.Ikki komponentli qo’shma gap turlari:
A. Bog’langan qo’shma gap, ergashgan qo’shma gap
B. Bog’lovchili bog’langan qo’shma gap, bog’lovchisiz qo’shma gap
S. Bog’lovchisiz ergashgan qo’shma gap, payt ergash gap
D Bog’langan qo’shma gap, ergashgan qo’shma gap, bog’lovchisiz qo’shma gap
3. Berilgan gap qo’shma gapning qaysi turiga kiradi?
Chaqirsam, indamaysiz.
A. Bog’langan qo’shma gap
B. Sodda gap
S. Payt ergash gapli qo’shma gap
D. Shart ergash gapli qo’shma gap
4. So’zning o’zi ifоdаlаyotgаn vоqеlikkа mutlаqо mоs vа muvоfiq kеlishi ............. dеyilаdi?
А. Nutqning sоfligi B. Nutqning izchilligi S. Nutqning rаvоnligi D. Nutqning mаntiqiyligi
5. Til mаdаniyatining аsоsiy tеkshirish оbyеkti nimа?
А. Аdаbiy til mе’yorlаri B. Lug’аt bоyligi S. Uslubiyat D. Imlо
6. Bosh gap + ergash gap shaklidagi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo‘ldan yuradi.
B) Kim birovga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi.
S) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi.
D) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
7. Darak gap shaklidagi ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda darak gap egasi qanday shaklda bo‘ladi?
A) ega tushirib qoldiriladi
B) qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi
S) o‘zlashtirma gap egasi bo‘lib gap boshida keladi
D) sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga alantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |