26. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq quyidagi qaysi qoida to‘g‘ri?
1) ko‘chirma gaplar qo‘shtirnoqqa olinadi; 2) istak gaplar oxirida undov belgisi qo‘yiladi; 3) umumlash-tiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, undan keyin tire qo‘yiladi; 4) undalma alohida ohang bilan aytilsa, undan keyin undov belgisi qo‘yiladi.
A)1,4 B) 2,3,4 S) 3,4 D) 1,2,4
27.Ergash gaplarning qaysi turida ko‘makchili qurilmalar bog‘lovchi vosita sifatida qo‘llanadi?
A) maqsad ergash gaplarda B) to‘siqsiz ergash gaplarda
C) sabab ergash gaplarda D) o‘rin ergash gaplarda
28.Ergash gapli qo‘shma gaplarning qaysi turida gapning kesimi doimo ot kesim bilan ifodalanadi?
A) ega B) kesim S) hol D) to‘ldiruvchi
29. Nutq ko‘rinishlarini aniqlang.
A) adabiy va shevaga xos B) so‘zlashuv va badiiy
S) badiiy va publitsistik D) og‘zaki va yozma
30. Hademay bir-ikkita sovlig‘im qo‘zilaydi. Og‘iz ichgali bemalol tashrif buyurishlaring mumkin. (Sh. Xolmirzayev) Ushbu gapda badiiy vazifa bajarish maqsadida adabiy tilning qaysi me’yori nomuvofiq qo‘llangan?
A) leksik (so‘z qo‘llash) me’yori B) uslubiy me’yor
S) morfologik me’yor D) sintaktik me’yor
Ona tili (qo‘shma gap sintaksisi)dan test savollari
3-variant
1. Qaysi gapda adabiy tilga xos leksik me’yorning turg‘unligi kuzatilgan?
A) Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor.
B) Kо‘1 yoqasidan o‘tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga
Qiy-chuvlashib cho‘milishamiz.
C) Yo‘lga otlandi.
D) Yo‘lga mashinalandi.
2. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni belgilang.
A) Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotirangdan ham ayrilasan.
B) Bemani fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqilli kishigina uni ishlatmaydi.
V) Ba'zan sho‘x musiqa yangraydi, ba'zan zo‘r qah-qaha olamni buzadi.
S) Go‘zallik kishi uchun katta baxt, ammo mehnatsevarlik bebaho ziynatdir.
3. Keltirilgan gap turini aniqlang.
Surayyo, Muhayyo, Ra'no, Muqaddas
Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas.
A) Bog‘langan qo‘shma gap
B) Ergashgan qo‘shma gap
V) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
S) Sodda gap
Do'stlaringiz bilan baham: |