1-variant Qo’shma gapning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang


Nisbiy so‘zlar ishtirok etmagan ergash gapli qo‘shma gapni toping


Download 25.2 Kb.
bet7/13
Sana30.01.2023
Hajmi25.2 Kb.
#1140969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
TEST YN OQG (2)

14. Nisbiy so‘zlar ishtirok etmagan ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Kim harakat qilsa, u barakat topadi.
B) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi.
S) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi.
D) Barcha gapda nisbiy so‘zlar ishtirok etgan.
15.Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillarini belgilang.
A.Mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differensial tamoyil
B. Dialektal tamoyil, grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil
S.Mantiqiy-grammatik tamoyil, morfologik tamoyil, differensial tamoyil
D.Mantiqiy tamoyil, leksik tamoyil, dialektal tamoyil
16. Matnni o`qing va quyida berilgan topshiriqlarni bajaring.
Bir ovchi ovga chiqib bir ohuni otdi va uni orqalab uyiga ravona bo`lmoqchi ham ediki, bir yovvoyi to`ng`iz unga hujum qildi. Ovchi unga o`q uzdi. To`ng`iz jon talvasasida o`zini ovchiga otdi va uni qornidan yorib halok qildi va o`zi ham halok bo`ldi. Shu vaqtda bir och bo`ri kelib qarasa, bir ovchi, bir to`ng`iz va bir ohu o`lib yotibdi. U juda xursand bo`ldi. Uning ochko`zligi tutib, o`z-o`ziga dedi: “Bu ovqatlarni ehtiyot qilib saqlab qo`yish kerak. Eng yaxshisi, bu toza go`shtlarni bir chekkaga yig`ib qo`yay, og`ir kunlarimga yaraydi. Buguncha kamonning tirqishi bilan kifoyalanay”. Bo`ri harislik qilib kamonni tortib turgan tirqishni yeya boshladi, kamon ochilib ketib bir uchi bo`g`ziga tiqildi. Bo`ri o`sha ondayoq jon berdi.
Hikoyat matniga mos bo`lgan javobni belgilang.
A) Odam o`z kuchi, qobiliyati yetmagan ishga urinmasligi lozim.
B) Nafs insonni halokat chuquriga boshlaydi, inson har doim boriga shukur qila olishi lozim.
S) Tejamkorlik, albatta, yaxshi fazilatdir.
D) Birovlarning kulfatidan sevinish yaxshi odat emas.
17. Qaysi gapda tinish belgilarini qo'llash qoidalariga amal qilingan?
A) Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda.
B) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o ‘sha cho‘qqida quchganman zafar.
S) Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi.
D) Qaysi ishni qilmoqchi bo‘lsang eng avvalo, o‘z ko‘ngling bilan kengashib ko‘rgin.
18. Eng muhimi, mustaqillik tufayli odamlarimizning dunyoqarashi, tafakkuri, ma’naviy qiyofasi o’zgardi, jamiyatimizda ahillik, muruvvat, mehr oqibat,tinchlik, osoyishtalik qaror topdi. Yuqorida berilgan gapda vergulning ishlatilishi nima(lar) bilan bog’liq?
1. uyushiq bo’lak qo’llangani uchun; 2. kirish so’z qo’llangani uchun; 3. bog’lovchisiz qo’shma gap qatnashgani uchun; 4. undalma qo’llangani uchun; 5. bog’langan qo’shma gap bo’lgani uchun.
A) 1, 2, 5 B) faqat 1 S) 1, 2, 3 D) 2, 4, 5

Download 25.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling