13. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni ko‘rsating.
A. teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u, -yu, -da yuklamalari
B. teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa, deb so‘zlari, -u, -yu, -da, -ki yuklamalari
C.teng bog‘lovchilar, sabab bog‘lovchilari, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u, -yu, -da yuklamalari
D. teng bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u, -yu yuklamalari}
14. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A.barcha javoblarda zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap berilgan
B. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga indamay yo‘lida keta berdi.
C.Paxta terish bilan bilan bandman-u, butun diqqatim Muatttarda.
D. Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Sardor akamda. }
15. Misolda gapning qaysi turi berilgan?
Yaxshidir achchiq haqiqat.
Lek shirin yolg‘on yomon.
A) Sodda gap.
B) Uyushiq bo‘lakli gap.
V) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
S) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.
16. Nisbiy so‘zlar ishtirok etmagan ergash gapli qo‘shma gapni toping.
A) Kim harakat qilsa, u barakat topadi.
B) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi.
C) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi.
D) Barcha gapda nisbiy so‘zlar ishtirok etgan.
17. Yordamchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababini, natijasini bildirsa yoki keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelsa, kesimini to‘ldirib kelsa, sodda gaplar o‘rtasiga ……… qo‘yiladi. Nuqtalar o‘rniga mos tinish belgisini belgilang.
A) tire B) ikki nuqta S) vergul D) nuqtali vergul
18. Ertaga cho‘qqini egallaymiz// sovuq qattiq emas, shamol bo‘lishi ham kutilmaydi. Ushbu gapda // o‘rniga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) ikki nuqta S) vergul D) nuqtali vergul
Do'stlaringiz bilan baham: |