1-variant rossiya qaysi hukmdor davrida Turkiya bilan Kuchukqaynarji shartnomasini imzolagan? A nikolay I b
Download 25.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqASOSIY FAN
1-VARIANT 1. Rossiya qaysi hukmdor davrida Turkiya bilan Kuchukqaynarji shartnomasini imzolagan? A) Nikolay I B) Nikolay II C) Yekaterina II D) Aleksandr I 2. Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqqan (a), Turkiya Millatlar Ligasiga kirgan (b) yillar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) 1931-yil; 2) 1932-yil; 3) 1933-yil; 4) 1936-yil A) a-1, b-4 B) a-3, b-2 C) a-2, b-4 D) a-1, b-2 3. Yuz yillik urush davrida Azenkur jangidan so‘ng Fransiyaning qaysi viloyati gersogi inglizlar tomoniga o‘tib ketgan? A) Bretan B) Flandriya C) Burgundiya D) Akvitaniya 4. Rimda Respublika davrida liktorlar nima uchun yelkalari orasida boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog‘lama taqib yurishgan? A)Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligini nazorat qilish maqsadida. B)Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida. C)Rimning tub aholisi plebeylar isyon ko‘targanda uni bostirish maqsadida. D)Konsul - urush davrida Rim hukmdori etib tayinlangani uchun. 5. Doro I tomonidan bosib olingan Frakiya qayerda joylashgan edi? A)Pireney yarimoroli g‘arbida B)Qora dengiz sharqida C)O‘rta yer dengizining g‘arbida D)Bolqon yarimoroli sharqida 6. O‘rta asrlarda Amerika qit’asida vujudga kelgan davlatlar poytaxtlari bilan mos ravishda berilgan javobni belgilang. 1) Asteklar davlati; 2) Inklar davlati; 3) Mayyalar davlati; a) Niara; b) Chichen-Itsa; c) Gao; d) Kusko; e) Tenochtitlan A) 1-c, 2-a, 3-d B) 1-e, 2-d, 3-c C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-e, 2-d, 3-b 7. XX asr boshida Kuba amalda qaysi davlatga qaram bo‘lib qolgan? A) Buyuk Britaniya B) Ispaniya C) AQSH D) Germaniya 8. 1405-yil 18-martda o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilgan Xalil Sulton Mirzo kimning farzandi edi? A) Shohruxning B) Pirmuhammadning C) Mironshohning D) Umarshayxning 9. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlat hududida XIX asr oxirida tashkil etilgan tashkilotni aniqlang. A)"Tinchlik va adolat uchun ko‘tarilgan musht" yashirin tashkiloti B)"Birlik va taraqqiyot" tashkiloti C)"Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi" tashkiloti D)Mujohidlar tashkiloti 10. O‘zbekistonda BMTning vakolatxonasi ish boshlagan yilni belgilang. A) 1995-yil B) 2000-yil C) 1993-yil D) 1998-yil 11. Quyidagi voqealardan qaysilari bronza davriga to‘g‘ri keladi? 1) Mesopotamiyada shumer manzilgohlari vujudga kela boshladi; 2) Sargon I Akkad va Shumer shaharlarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi; 3) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik davlatga aylandi; 4) Xuanxe daryosining o‘rta oqimida Xitoy hududidagi ilk davlat paydo bo‘ldi; 5) O‘rtaOsiyo aholisi to‘rtta guruhga: kohinlar,jangchilar, dehqonlar, hunarmandlarga bo‘lindi; 6) Misrda odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtira boshladilar A) 2, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 6 12. Buxoro amirligida yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida harakat qila boshlagan yilda amirlik taxtiga o‘tirgan hukmdorni belgilang. A) Amir Muzaffar B) Amir Nasrullo C) Amir Abdulahad D) Amir Olimxon 13. 1943-yilda antifashist koalitsiya davlatlari(AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR) rahbarlarining uchrashuvi qaysi shaharda o‘tkazilgan? A) Londonda B) Tehronda C) Yaltada D) Potsdamda 14. Zahiriddin Muhammad Bobur 1500-yilda qaysi hukmdor qo‘shinlarini mag‘lub etib Samarqand taxtini egallagan? A) Muhammad Shayboniyxon B) Boysung‘ir Mirzo C) Xusravshoh D) Sulton Ali Mirzo 15. Quyidagilardan qaysi biri Turkiston o‘lkasida 1919-yilda tashkil etilgan? A) O‘zbekiston SSR B) Turkiston Kommunistik partiyasi C) TASSR D) Musbyuro 16. Quyidagilardan Xo‘jand shahri bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni belgilang. 1) mo‘g‘ullar bosqini vaqtida shahar 7 oy qamal qilingan; 2) 1137-yilda Qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylar eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdi; 3) Temur Malik Xo‘jand hokimi bo‘lgan; 4) Chig‘atoy Xo‘jand shahrini o‘ziga qarorgoh qilib olgan; 5) Xo‘jand shahri Sirdaryo ikkiga ayrilgan yerda joylashgan A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 4 17. Vena kongressiga ko‘ra, 200 dan ortiq mayda davlatlarga bo‘linib ketgan Germaniya o‘rnida 39 davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzilib bu ittifoqda . . . yetakchilik roli e’tirof etilgan. A) Vestfaliyaning B) Avstriyaning C) Reynning D) Prussiyaning 18. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi "Nizom loyihasi" bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi "Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom" a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, c, 2-b, d B) 1-a, b, 2-c, d C) 1-a, d, 2-b, e D) 1-a, c, 2-d, e 19. 1841-yilda taxtdan voz kechgan Qo‘qon xonini toping. A) Sulton Mahmudxon B) Sheralixon C) Umarxon D) Muhammad Alixon 20. MDHning Nizomi qabul qilingan (imzolangan) yilni belgilang. A) 1996-yil B) 1998-yil C) 1993-yil D) 1995-yil 21. To‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping. A)1905-yil Tanganikada Germaniyaga qarshi ozodlik uchun boshlangan qo‘zg‘olon 2 yildan ortiq davom etdi. B)1891-yilda Otto fon Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo‘ydi. C)1878-yilda Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tashkil topdi. D)1890-yilda Germaniya imperiyasi taxtiga Vilgelm II o‘tirdi. 22. Quyidagi shaxslardan qaysi biri o‘rta asrlarda Angliyada hukmronlik qilgan? A) Aleksey I B) Garold C) Fridrix II D) Karl V 23. XI-XVIII asrlarda Markaziy Osiyoda hukm surgan sulolalar saltanatida “maslahatchi”, “amaldor”, “vazir” ma’nolarini anglatgan atamani aniqlang. A) inoq B) devonbegi C) otaliq D) tunqator 24. Quyidagi qaysi davlatlar qo‘shinlari Marv vohasining bosh to‘g‘oni - Sultonbandni buzib tashlagan? 1) Arab xalifaligi; 2) Mo‘g‘ullar davlati; 3) Xiva xonligi; 4) Buxoro amirligi A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 4 25. Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega bo‘lishi (a) va Qora dengiz bo‘yida harbiy flot qurish huquqini qo‘lga kiritishi (b) qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi? 1) Ivan IV; 2) Pyotr I; 3) Yekaterina II; 4) Aleksandr II A) a-2, b-3 B) a-1, b-4 C) a-1, b-3 D) a-2, b-4 26. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1) Kubada qulchilik bekor qilindi; 2) AQSHda qulchilik bekor qilindi; 3) Braziliyada qullarni ozod qilish haqidagi qonun qabul qilindi A) 2, 3, 1 B) 2, 1, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 2 27. 1572-yilda chizilgan quyidagi miniatyurada tasvirlangan, 1556-1598-yillarda hukmronlik qilgan hukmdorni aniqlang. A) Amir Temur B) Zahiriddin Muhammad Bobur C) Husayn Boyqaro D) Abdullaxon II 28. Germaniya tarixi bilan bog‘liq bir yilda sodir bo‘lgan voqealar keltirilgan javobni aniqlang. A)Vilgelm II "hazrati Iso qabri"ni ziyorat qilish bahonasi bilan Falastinga bordi; Germaniya sotsial-demokratik partiyasi tuzildi B)Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo‘ydi; Bismark kanslerlik lavozimidan iste’foga chiqdi C)Yakshanba dam olish kuni deb belgilandi; Shovinistik tashkilot - "Germaniya ittifoqi"tuzildi D)Germaniya Afrikaning Togo va Kamerun hududlarini egalladi; Bismark hukumati katolik cherkovining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan maxsus qonunni qabul qildi 29. Tarixga "Afrika yili" sifatida kirgan yilni toping. A) 1955-yil B) 1970-yil C) 1960-yil D) 1949-yil 30. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda berilgan?
Download 25.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling