1 вариант Тафаккур ҳақида тушунча. Шахснинг хиссий жиҳатлари. Шахснинг индивидуал психологик хусусиятлари


Download 17.99 Kb.
bet2/2
Sana19.12.2021
Hajmi17.99 Kb.
#181609
1   2
Bog'liq
Itolmasov Sherzodbek. Arab-nemis

Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi Hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kundalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat. vijdon, sevgi kabi yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodi-sa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi hissiyot ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muo-malasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taal-lukli ruhiy holatdir. Hissiyot ijtimoiy muhitdagi kishilar tomonidan oʻzlashtirilgan gʻoyalar, meʼyorlar, qonunqoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, murakkab kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. Hissiyotda yuksak his-tuygʻular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Mas, mehnatdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat tuygʻulari hissiyot ning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas. Hissiyot ning fiziologik asosi bosh miya katta yarim sharlari poʻstida va poʻstloq osti qismida yuzaga keladigan nerv jarayonlaridir.



Individual psixologiya - psixologiyadagi freydizm oqimidan ajralib chiqqan yoʻnalish. A. Adler taʼlimotiga asoslangan. Individual psixologiya  kishining ijtimoiy xususiyati negizida tugma ijtimoiy qissiyot yotadi, biroq bu hissiyotning toʻla taraqqiy etishi uchun uni tarbiyalash lozim, deb hisoblaydi.

Individual psixologiya  nuqtai nazaridan bola shaxsining tuzilishi (individualligi) ilk bolalik (5 yoshgacha boʻlgan) davrida alohida "turmush tarzi" koʻrinishida na-moyon boʻladi va u bolaning butun kelgusi psixik rivojlanishini belgilab beradi. Bola oʻz tana aʼzolarining hali yetarlicha takomillashmaganligi tufayli nomukammallik hissini tuyadi, buni bartaraf etishga urinish davomida bola oʻz-oʻzini anglab, maqsadlari shakllana boradi. Agar bu maqsadlar real boʻlsa, shaxs meʼyorida rivojlanadi, mabodo haqiqatdan yiroq boʻlsa, u holda shaxs nevrotik va ja-miyatga zid xususiyatlar bilan shakllanadi. Ilk bolalik yoshida tugma ijtimoiy hissiyot bilan nomukammallik hissi oʻrtasida qaramaqarshilik paydo boʻladi, bu hol kompensatsiya va oʻta yuqori kompensatsiya vositalarini ishga solib yuboradi. Bu hukmronlikka, boshqalardan ustun boʻlishga intilishni va xulq-atvorning ijtimoiy qadrlanadigan meʼyorlaridan ogʻishni keltirib chiqaradi. Bunday nevrotik subʼyektlarga yordam qilish psixoterapiyaning vazifasidir. Individual psixologiya  gʻoyalari nafaqat shaxs psixologiyasida, shuningdek, ijtimoiy psixologiyada ham keng yoyildi.
Download 17.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling