1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji
-variant 1.Tomyopma bloklari konstruksiyalari va ularni yig’ish usullari
Download 298.79 Kb.
|
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyor bloklarni yig’ish usullari.
- KONVEYERDA YIG’ISH
- Stendli-konveyerda tomyopma bloklarini yig’ish sxemasi
6-variant
1.Tomyopma bloklari konstruksiyalari va ularni yig’ish usullari. Tomyopma bloklari konstruksiyalari. Tomyopma bloklari – bu fazoviy sistema, bo’lib, uni o’zgarmasligi konstruksiyadagi gorizontal va vertikal bog’lovchilar borligi, hamda metall profilli to’shama hosil qilgan ―disk orqali ta’minlanadi. Bloklarni o’lchamlari modul 6 m bo’lganda 12×18 m dan 36×36 m gacha, bloklarni maydoni 216 ... 1300 m2, massasi 30 ... 190 t. Dastlab tayyorlanib va montaj qilingan maydoni bo’yicha eng katta bloklar o’lchami 24×144 m va massasi 640 t bo’lgan. Hamma bloklar yorug’lik va aeratsiya fonarlari bilan jihozlangan bo’lgan. Bunday bloklarni montaj qilishdagi kamchiliklardan biri uni montajidagi geometric o’zgarmasligini ta’minlash konstruksiyani og’irlashuviga olib keladi. Tayyor bloklarni yig’ish usullari. Qurilish amaliyotida bloklarni yig’ishni uch xil usuli qo’llaniladi – oqimli-stendli, konveyerli va stendli – konveyerli. Oqimli-stend usulida yig’ish liniyasi (qatori) bir necha qator statsionar stendlarni yig’ish bilan xosil qilinadi, ularda metall konstruksiyalarini yiriklashtirishdan to tom qoplamalarini barpo etishgacha bo’lgan kompleks ishlar ketma-ket bajariladi. Stendlar bevosita barpo etilayotgan binoga va bir vaqtda metall konstruksiyalari va qurilish materiallari omborxonalariga yaqin joylarga joylashtiriladi. Stendlar supalar va yuk ko’taruvchi mexanizmlar bilan jihozlanadi. Tomyopma bloklari ishlarni bajarish jaraenida qo’zg’almas bo’ladi. KONVEYERDA YIG’ISH Ishlab chiqarishga oid binolarni tomyopma bloklarini konveyerlarda yig’ishni mohiyati shundaki, alohida maydonchada, qurilayotgan ob’ektga yaqin joyda, maxsus uskuna va moslamalar bilan jihozlangan va yuk ko’tarish mexanizmlari bilan metallkonstrutsiya elementlari operatsion ketma-ketlikda yig’ilib, ma’lum o’lchamdagi bikir fazoviy tomyopma bloki xosil qilinadi. Konveyerni birinchi to’xtash – turish joyida bikir qilib to’rtta metall ustun o’rnatilgan (ustunlarni yuqori qismi) bino uchun qabul qilingan to’r asosida, masalan 12×24 m li o’lchamlarda. Birinchi to’xtash joyi stend bilan jihozlangan bo’lib, u o’rnatilgan ikkita stropilaosti va stropila fermalarni yuqori aniqlikdagi geometrik o’lchamlarini va bir – biriga bikir qilib o’zaro maxkamlashni ta’minlaydi. Yig’ilgan blok domkratlar yordamida 10…15 sm, balandlikka ko’tarilib, nolinchi turish joyidan relslar bo’yicha to’rt g’ildirakli balansirlovchi aravacha yoki ikki o’qli mustaqil aravachaga keltirilib blok ostiga kiritiladi, blok unga tushirib maxkamlanadi. Stendli-konveyerda tomyopma bloklarini yig’ish sxemasi: 1-konveyer liniyasini yo’li; 2 – ko’ndalang yo’llar; 3 – asosiy montaj krani; 4 – yordamchi kran; 5 –tomyopma bloklarini yig’ish stendlari; 6 – tomyopma bloklarini yig’ish joyi; 7 – konstruksiyalar ombori; 8 – chorpoyali kran; 9 – umumqurilish ishlarini bajarish uchun konveyerdagi to’xtash joylari. Konveyer liniyasi qurilish maydonining sharoitiga qarab, qurilayotgan binoga fasadni bo’ylamasiga parallel yoki perpendikulyar qilib joylashtirilishi mumkin. Agar sharoit mavjud bo’lmasa qurilayotgan binoning birorta korpusining oralig’iga konveyer liniyasi joylashtirilib, unga xizmat oldin montaj qilingan ko’prik kran bilan amalga oshiriladi. Download 298.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling