19-вариант
Халқаро ҳисоб-китобларни банк ўтказмалари орқали амалга ошириш.24-variantda javobi
Халқаро молиявий лизинг ва кредит шартномалари ўртасидаги фарқни ёритинг.
Ташқи иқтисодий битимларнинг бандларини ёритиб беринг. Shu savol saal muammoroq
1) Xalqaro bank o‘tkazmalari asosan bank qoidalari va milliy qonunchilik bilan tartibga solinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida bu sohada FK bandlari (“To‘lov topshiriqlari bilan hisob-kitob” 2-§ 46-bob) hamda MB aktlari ishlatiladi. 1992- yilda YUNSITRAL doirasida tayyorlanib davlat uchun milliy qonun akti modeli sifatida ishlatish uchun Xalqaro kredit o‘tkazmalar to‘g‘risidagi YUNSITRAL namunali qonuni tavsiya etildi (“kredit o‘tkazmasi” deganda bank o‘tkazmasi nazarda tutilgan). Unga muvofiq, to‘lov topshirig‘ini qabul qilib oluvchi bank (qabul qilib oluvchi bank) o‘z hisobidan, hamma o‘tkazma beruvchi hisobidan emas, yuboruvchi- bankda topshirig‘ida ko‘rsatilgan mablag‘ qabul qilib oluvchi (benefitsiar) foydasiga to‘lovni amalga oshiradi. Keyin qabul qilib oluvchi bank benefitsiarga to‘langan mablag‘ni hisob raqami ochgan yuboruvchi-bank hisobidan o‘chirish huquqiiga ega bo‘ladi.
Qabul qilib oluvchi banka tegishli, qoplanishi kerak bo‘lgan, miqdor uning yuboruvchi-bankda ochilgan hisob raqamiga yoki Biror bir uchinchi bankda oshilgan hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin. YUNSITRAL namunaviy qonuni davlatlarga ularning milliy qonunchiligiga kollizion meyorni kiritishni tavsiya etadi. Unga muvofiq to‘lov topshirig‘idan kelib chiadigan huquq va majburiyatlar tomonlar tanlab olgan huquqi bilan, tomonlar kelishuvi mavjud bo‘lmasa - to‘lov oluvchi bank davlatining huquqi bilan tartibga solinadi.
To‘lov topshiriqlari yordamida hisob-kitoblarda xabar yuborishning electron shakli tobora keng tarqalib bormoqda. Xususan, savdo-sotiqga oid shartnoma ishtirokchilari to‘lov topshiriqlarini elektron aloqa kanallari orqali uzatishga kelishib olishlari mumkin. Bunda, SWIFT tizimi, shuningdek YUNSITRAL tomonidan 1987- yilda ishlab chiqilgan elektron o‘tkazishlar haqidagi huquqiy yo‘riqnoma ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |