2-VARIANTI
Lizing nima
Lizing – moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida belgilangan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Bu holda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
• lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tadi;
• lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa;
• lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa;
• lizing shartnomasi davri uchun lizing to‘lovlarining joriy diskontlangan qiymati lizing ob’ektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ijara bilan lizing o‘rtasidagi farq
• Shartnoma predmeti
Fuqarolik kodeksining 34- bobiga muvofiq ijara – vaqtinchalik foydalanish huquqini berish va/yoki mulkka vaqtincha egalik qilish.
Ya’ni ijarada, uni oluvchi vaqtinchalik foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi, lizingda esa lizing oluvchi mulk egaligini lizing shartnomasi tugaganidan keyin oladi.–
Kredit bilan lizing o‘rtasidagi farq
• Shartnoma predmeti
Kreditda korxona pul mablag‘i oladi, lizingda esa korxona qandaydir mulk oladi
• Egalik huquqi
Lizing ob’ekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi.
Fuqarolika kodeksining 41-bobiga muvofiq kredit shartnomasi bo‘yicha bank yoki kredit tashkiloti (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada kelishilgan miqdorda va shartlar bo‘yicha pul mablag‘i berishni zimmasiga oladi, qarz oluvchi esa olingan miqdordagi pulni qaytarish va uning foizlarini to‘lash majburiyatini oladi.
Kreditlashda korxona pul mablag‘ini qo‘lga kiritadi hamda qandaydir mulk sotib oladi va tegishli tarzda egalik huquqi kredit oluvchiga o‘tadi, lizing olishda esa egalik huquqi lizing muddati tugagunicha lizing beruvchida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |