1-вариант “Товарлар халқаро олди-сотдиси тўғрисида”ги Вена конвенцияси тафсилотларини ёритинг


Download 1.18 Mb.
bet16/21
Sana31.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1145908
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblari

Lizingning afzalliklari
• Lizing shartnomalari asosida to‘lanadigan to‘lovlar foydaga solinadigan soliq bo‘yicha soliqqa tortiluvchi bazaning kamayishini ta’minlab beradi;
• Lizing to‘lovlari ichida to‘langan QQS narxning hisobiga to‘liq hajmda qo‘shiladi;
• Mulk lizing korxonasining shaxsiy mablag‘lari tomonidan sotib olinadi;
• Lizing korxonasi ta’minlovchini tanlash, mahsulotlarni yetkazib berish (ta’minlash), sug‘urta jarayonlari, kreditlash, ro‘yxatga olish, mulkning buxgalterlik hisobotini yuritish hamda lizing muddati tugaganida, mulkni mijozga topshirish kabi to‘liq xizmat to‘plamini taqdim qiladi.
Kreditlash jarayonida mijoz bankdan kredit olganidan so‘ng, mahsulotni mustaqil xarid qilish huquqiga ega. Mijozlarga kredit berishdan oldin esa, bank korxonaning kredit tarixi, passiv hamda aktivlarning hajmi, garov evaziga qo‘shimcha ta’minotining mavjudligini o‘rganib chiqadi. Shu bilan birgalikda, kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishdan tashqari, qo‘shimcha ravishda yana ssuda (qarzdorlik) foizlarini to‘lash hamda garov evaziga qo‘yilgan mulkni baholash yoki uning sug‘urta mablag‘larini qoplash kabi xarajatlarni to‘lash ehtimoli ham bor. Lizing jarayonida esa, sizga beriladigan mulk garov sifatida belgilanadi. Shu tariqa, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish ehtiyoji yo‘qoladi.

Bankning krediti yordamida xarid qilinadigan mulk, shu vaqtning o‘zidayoq, korxonaning shaxsiy mulkiga aylanadi. Lekin odatda, kredit shartnomasining shartlari hamda mulk garovining shartnomasi xarid qilingan aktivdan foydalanish uchun, bu aktiv moliyaviy ijaraga olinganidan kam bo‘lmagan qator cheklovlarni o‘rnatadi. Ushbu aktivni siz o‘z ixtiringizga ko‘ra sota olmaysiz, uchinchi shaxsga ijaraga bera olmaysiz hamda sug‘urtaga bo‘lgan ehtiyoj ham saqlanib qoladi. Bundan tashqari, barcha soliq to‘lovlari xususiy mulk egasi zimmasida bo‘ladi.
Maxsus texnika, avtotransport vositalari, tijorat transport vositalari hamda shu kabi boshqa jihozlarni xarid qilishda lizing kreditdan afzalroq. Lizingning narxi ushbu jihoz kimning balansida yuritilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling