28. Eski o‘zbek tilida qo‘llangan ochun, osig‘ so‘zlarining sinonimi qaysi qatorda berilgan?
A) dunyo, foyda B) ochiq, osilgan C) ochiq, afsus D) yashirin, foyda
29. Quyidagi ko‘p ma’noli so‘zlardan qaysi biri tez so‘zi bilan antonim bo‘la oladi?
A) achchiq B) shirin C) og‘ir D) berilgan so‘zlarning hech qaysi biri tez so‘zi bilan antonim hosil qilmaydi.
30. Juft holda qo‘llanib, yangi ma’no ifodalagan antonimlarni toping.
A) tun-u kun, og‘ayni, achchiq-chuchuk B) yaxshi-yomon, issiq-sovuq, katta-kichik C) og‘ir-engil, botir-qo‘rqoq, sekin-tez
D) ol-olma, bor-borma, o‘qigan - o‘qigan emas
26-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning Ushbu misralarida qo‘llangan ranj so‘zining sinonimlari qaysi qatorda berilgan?
A) ozor va intilish B) boylik va xazina C) mashaqqat va boylik D) mehnat va mashaqqat
2. Shaklan tenglik, mazmunan o‘zgachalik qaysi birliklarga xos?
A) lug‘aviy birliklarga(so‘zlarga) B) grammatik birliklarga (qo‘shimchalarga) C) fonetik birliklarga (tovushlarga)
D) A, B
3. Qaysi qatordagi so‘zlarning omonimlarini topish mumkin?
A) qo‘l, og‘iz, quloq, qosh; B) qo‘rqinchli, vahimali, dahshatli, mudhish; C) oq, un, yot, toy; D) A, C
4. Sinonimik qator qaysi javobda berilgan?
A) oxirgi, so‘nggi, keyingi; B) kutmoq, termilmoq, tikilmoq; C) zavq, maroq, shavq; D) A va C.
5. Hayoli, oriyatli, andishali, nomusli, iboli. Ushbu sinonimlarning qaysi biri asos so‘z (dominanta) hisoblanadi?
A) hayoli; B) oriyatli; C) andishali; D) nomusli;
6. Birgalikda qo‘llanib yangi so‘z hosil qiladigan zid ma’noli so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) yosh-u qari B) aka-uka C) o‘g‘il-qiz D) xotin-xalaj
Do'stlaringiz bilan baham: |