2. Sinonimik qator qaysi javobda berilgan?
A) oxirgi, so‘nggi, keyingi; B) kutmoq, termilmoq, tikilmoq; C) zavq, maroq, shavq; D) A va C.
3. Birgalikda qo‘llanib yangi so‘z hosil qiladigan zid ma’noli so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) yer-osmon B) erta-indin C) uzun-qisqa D) uzoq-yaqindan.
4. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi biri asosan joyga nisbatan qo‘llanadi?
A) iflos B) irkit C) isqirt D) ivirsiq
5. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim hisoblanmaydi?
A) dom-tuzoq B) tal’at-chehra
C) ma’tal-muntazir D) ganch-boylik
6. Uxlamoq, talamoq fe’llarining sinonimlari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq so‘zining ikki ma’nosi berilgan B) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq, to‘namoq so‘zlari omonim so‘zlar C) tunamoq-uxlamoq, to‘namoq-talamoq; bu o‘rinda tunamoq va to‘namoq so‘zlari paronim so‘zlar D) tunamoq so‘zi uxlamoq va talamoq so‘zlariga sinonim bo‘lib, bu so‘z ba’zan ikki xil variantda: tunamoq yoki to‘namoq tarzida yoziladi.
7. Antonimlikni yuzaga keltiruvchi belgilar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) shakliy jihatdan har xillik B) ma’noviy jihatdan har xillik C) ma’nodagi o‘zaro zidlik D) A,B,C.
8. Bois so‘zining sinonimlari berilgan qatorni toping.
A) sabil, qurg‘ur B) xasis, ziqna
C) bahona, vaj D) oid, qarashli
9. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etmagan?
A) begona, yot, o‘zga B) bezovta, betoqat, halak, besaranjom C) bahs, tortishuv, munozara, mubohasa D) beish, ishsiz, bo‘sh
10. Quyidagi qaysi so‘zlar tilimizda o‘z sinonimlariga ega?
A) bug‘doy, yetim B) qizil, arpa
C) non, tanimoq D) qadam, tomchi
Do'stlaringiz bilan baham: |