26. 1. Picha un topib kelsam, qozon ossak, nima bo‘lar ekan? 2. Bola rangi bo‘zarib ketsa ham, un chiqarmas edi. Ushbu gaplardagi un so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) ko‘p ma’noli B) omonim C) sinonim D) antonim
27. Qaysi qatorda so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) tahqir – taqir B) azm – azim C) ta’ma – tama D) ta’qib – taqib
28. Quyidagi omonim so‘zlardan qaysi biri tuslovchi qo‘shimchalarni qabul qilmaydi?
A) tom(uyning tomi) B) tom (asarning birinchi tomi)
C) tom (tom ma’noda) D) A,B,C
29. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos
C) paronimlarga xos D) A va B
30. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘
C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish
9-VARIANT (3-MA’RUZA)
1. Shu so‘zlarning qaysi birida –ma qo‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin? 1) qotishma;
2) moslama; 3) qazilma; 4) burama; 5) qatlama;
6) yuklama.
A) 2,4,5,6 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,3,4
2. Qaysi qatordagi gapda paronimlar bilan bog‘liq xato bor?
A) Ularga imtiyozli tarif asosida xizmat ko‘rsatiladi.
B) Qizning ota-onasi, qarindosh-urug‘ining ta’rifini aytib bitirolmaydilar. C) O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir. D) Shahrimiz nufuzi ikki milliondan oshdi.
3. Qaysi qatordagi omonim so‘z tub so‘z hisoblanadi?
A) uchirma, suzma, bog‘lama B) yasama, qaynatma, to‘qima C) ko‘rsatma, birikma, jamg‘arma D) yigirma, gazlama, surma
4. Qaysi qatorda paronim bor?
A) gado-gadoy B) asta-ohista C) battar-badtar
D) yuvindi-yuvundi
Do'stlaringiz bilan baham: |