1-variant(3-ma’ruza) Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z?


Download 167.74 Kb.
bet29/128
Sana22.06.2023
Hajmi167.74 Kb.
#1645855
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128
Bog'liq
3-m

18. Yelar oqshom nafasi, salqin tun ibtidosi. Ushbu misradagi ibtido so‘zining sinonimini toping.
A) oxiri B) avji C) tugashi D) boshlanishi
19. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) omonimlar B) paronimlar C) ko‘p ma’noli so‘zlar
D) paronimlar va omonimlar.
20. Paronimlar qaysi qatorda?
A) battar-badtar B) ta’na-tana C) gado- gadoy D) asta -ohista
21. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri tanbeh so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) savdo B) sazo C) nido D) un
22. Yuz bet aft bashara – turq - chehra - jamol sinonimik qatorida hissiy-ta’siriy bo‘yoqdor so‘zlar qaysi bir javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) yuz, bet B) aft, bashara C) chehra, jamol D) bashara, jamol
23. Odam kishi – inson - bashar; ko‘krak ko‘ks bag‘ir - to‘sh - siyna sinonimik qatorlardagi poetik (badiiy) uslubga xos so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) bashar, siyna B) inson, bag‘ir C) odam, ko‘krak D) kishi, bag‘ir
24. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz so‘zining xususiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z B) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z D) birgina so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
25. So‘zlarni qaysi jihatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonimlarga ajratamiz?
A) bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishiga ko‘ra
B) tuzilishiga ko‘ra C) shakl va talaffuziga ko‘ra D) shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra

Download 167.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling