16-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Qaysi qatorda antonim qo‘shimchalar keltirilgan?
A) –ma, - chi B) –li, -siz C) –bon, -dor D) –qir, -ag‘on
2. Amr – farmon – buyruq sinonimik qatori qaysi yo‘l bilan hosil bo‘lgan?
A) turli shevalardagi so‘zlarning adabiy tilga o‘tishi natijasida B) eskirgan va yangi so‘zlar hisobiga
C) so‘zlarning ijobiy va salbiy bo‘yoq kasb qilishi natijasida D) boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirilishi natijasida
3. Odat - udum – taomil - urf - rasm so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar?
A) sinonim so‘zlar B) omonim so‘zlar C) zid ma’noli so‘zlar D) shakli o‘xshash so‘zlar
4. Manglaying oq bo‘lsin, yarqiroq bo‘lsin (A.O) misrasi birinchi so‘zining doimiy sinonimini toping.
A) toleing B) iqboling C) yo‘llaring D) peshonang
5. Bahor – ko‘klam sinonimik qatordagi asl turkiy so‘zni toping.
A) ikkalasi ham asl turkiy so‘z B) ikkalasi ham asl turkiy so‘z emas. C) «bahor» asl turkiy so‘z D) «ko‘klam» asl turkiy so‘z
6. Ilk og‘och gulladi. Ilik o‘z o‘rnida aziz, ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Ushbu gaplarda ostiga chizilgan so‘zlar o‘zaro shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) omonimlar B) paronimlar C) sinonimlar D) antonimlar
7. Qaysi qatordagi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yoriq - yorug‘ B) yuvindi – yuvundi
C) archish - artish D) o‘tirmoq - o‘ltirmoq
8. Quyidagi sinonim so‘zlarni qaysi so‘z o‘zaro bog‘lab turibdi?
A) tulki B) tullak C) ayyor D) shayton
9. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri bir sinonimik qatorga mansub emas?
A) pushaymon B) afsuslanmoq C) attang D) taassuf
Do'stlaringiz bilan baham: |