8. Leksik antonim qatorini toping.
A) xursand va dili siyoh B) yupqa va qalin C) oq ko‘ngil va ichi qora D) ishladi va ishlamadi
9. Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan?
A) Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
B) Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar.
C) Bugungi ishni ertaga qo‘yma. D) Do‘sting ming bo‘lsa ham oz, dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p.
10. Quyidagi qaysi so‘zlar yakka so‘zi bilan ma’nodosh (sinonim) munosabatda bo‘lishi mumkin?
1) tanho; 2) alohida; 3) yagona; 4) yolg‘iz; 5) faqat.
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1, 4, 5
11. Majlis ahlining aksariyati xursand bo‘lib, Mustafo Sodiqni olqishladilar. (Oybek) Ushbu gapdagi ahlining so‘zi ahil so‘ziga o‘zaro qaysi jihatdan bog‘liq?
A) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro ma’nodosh so‘zlar. B) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro paronim so‘zlar. C) Aynan bir so‘z bo‘lib, egalik qo‘shimchasi qo‘shilgach, i unlisi tushib qolgan. D) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro shakldosh so‘zlar.
12. Shakldosh so‘zlar berilgan javobni toping.
A) kadr, qil, yoq, karam, B) davlat, tuman, yiq, bor, qalin C) mushak, oy, taxt, et D) A, C.
13. Ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) muhayyo, shay, tayyor B) o‘lchovli, sanoqli, tortilgan
C) yov, dushman, raqib D) to‘g‘ri, vijdonli, samimiy.
14. Zid ma’noli so‘zlar berilgan gapni toping.
A) Hozir ketmasang, keyin kech bo‘ladi. B) Uning kiyimlari toza kir bo‘lib ketgan ekan.C) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda. D) Asrlar davomida tutqun bo‘lib yashagan xalq ozod bo‘ldi.
15. Paronimlar qaysi qatorda?
A) battar-badtar B) ta’na-tana C) gado- gadoy
D) asta -ohista
Do'stlaringiz bilan baham: |