6. Qaysi qatordagi juftlik o‘zaro sinonim hisoblanmaydi?
A) nekqadam-shumqadam B) ko‘lanka-soya
C) nasim-shabada D) nashida-qo‘shiq
7. Beadad so‘zining sinonimlari berilgan qatorni toping?
A) odat bo‘lmagan, rasm bo‘lmagan B) odobsiz, tarbiyasiz C) bisyor, mo‘l D) noma’lum, nomsiz
8. Quyida berilgan gaplarning qaysi birlarida qo‘llangan uloq so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli ma’nolari hisoblanadi? 1.Hozir yuzlab mayin junli qo‘zi va uloqqa egamiz. 2.Ot boqqaning - uloqqa, qo‘y boqqaning - qo‘noqqa. 3.Arqon kutilmaganda ulog‘idan ochilib, chelak pastga tomon ketdi.
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) Berilgan gaplarda qo‘llangan uloq so‘zlari alohida so‘zlar bo‘lib, ular o‘zaro omonim so‘zlar hisoblanadi.
9. Qaysi omonim so‘zlarga grammatik ko‘rsatkichlar qo‘shilganda, omonim munosabat saqlanadi?
1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,4,5 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 2,4,5
10. Bir so‘z turkumi doirasida omonimik munosabatda bo‘luvchi so‘zlarni toping? 1) suz; 2) ko‘ch; 3) ter; 4) rasm; 5) son.
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,4,5 D) 4,5
15. Quyidagi omonimlarning qaysi birlari o‘zaro barcha grammatik shakllarda teng bo‘ladi, ya’ni grammatik qo‘shimchalar olganda ham omonimlik xususiyatini saqlaydi? 1) suzmoq (ovqatni suzmoq) – suzmoq (suvda suzmoq) – suzmoq (shoxi bilan suzmoq); 2) soch (sochni taramoq) – soch (urug‘ sochmoq); 3) qovoq (o‘simlik nomi) – qovoq (ko‘zning qovog‘i); 4) tush (tush ko‘rmoq) – tush (tush payti) – tush ( pastga tush ).
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3
Do'stlaringiz bilan baham: |