8. Qaysi qatordagi so‘zlarda omonimlik faqat bir so‘z turkumi doirasida yuz beradi?
A) tush, tuz B) to‘y, tur C) to‘y, tut D) berilgan barcha so‘zlarda omonimlik ikki so‘z turkumi doirasida yuz beradi
9. Berilgan so‘zlarning qaysi birida omonimlik uch so‘z turkumi doirasida ro‘y beradi?
A) yosh, o‘t, tik, tom B) o‘t, tik, tom C) tik, tom D) o‘t, tom
10. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri tanbeh so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) savdo B) sazo C) nido D) un
11. O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri yaqin so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) darrov B) jadal C) tez D) berilgan so‘zlarning hech biri yaqin so‘zi bilan sinonim qator hosil qilmaydi.
12. Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar mas’ud, lekin qaytarilmas tush kabi yo‘lchining ko‘z oldidan bir-bir o‘tadi. Ushbu gapda qo‘llangan mas’ud so‘zining sinonimini toping?
A) qiyin B) mas’uliyatli C) saodatli D) sirli
13. Ot (hayvon), ot (ism), ot (fe’l). Uchala o‘rinda qo‘llangan ot so‘zining mohiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z B) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z C) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z D) bir so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
14. Quyidagi sinonim so‘zlarning qaysi biri keng qo‘llanadi?
A) ivirsiq B) isqirt C) irkit D) iflos.
15. Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan so‘zlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi?
A) saqlab qoladi B) grammatik shakllar qo‘shilguncha omonim munosabat saqlanadi C) grammatik shakllar omonimlik munosabatini bartaraf etadi D) o‘zaro omonim munosabat bo‘lmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |