24-VARIANT(3-MA’RUZA)
1. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?
A) ikki so‘z orasida B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida C) ikki qo‘shimcha orasida D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin
2. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro omonim hisoblanadi?
A) kiyinmoq-ekinlar B) o‘qildi-yozildi C) gulzorlarda-paxtazorga D) uchrashmoq-o‘rganish
3. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi?
A) adil-odil B) adolatli-odil C) adil-tik D) odil-adl
4. O‘chib borayotir qanchalar kalom,
Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom,
Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:
U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom (A.O.) Banddagi sobit so‘zining sinonimi...
A) yoqimli B) ishonchli C) qat’iy D) doimiy
5 . 1) bo‘shliq; 2) borliq; 3) otaliq; 4) bog‘liq Ushbu so‘zlarning qaysi biridagi q harfi k ga aylantirilsa, paronim so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) 2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4
6. 1) qurt; 2) bog‘; 3) sir; 4) tush; 5) soz. Berilgan omonim so‘zlarning qaysi birlarida omonimik munosabat turli so‘z turkumi doirasida bo‘ladi?
A) 1,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,4 D) 4,5
7. Quyidagi omonimlarning qaysi biri turlanganda, omonimik xususiyatini qisman yo‘qotadi? 1) kul; 2) sir;
3) zang; 4) ot; 5) o‘t
A) 1,4,5 B) 2,3 C) 1,2,5 D) 4,5
8. Qaysi so‘z tarkibida qo‘shimcha o‘zaro omonim hisoblanadi?
A) terim(ot yasovchi qo‘shimcha), terim (egalik qo‘shimchasi) B) gullar (ot), gullar(fe’l) C) boyi(fe’l yasovchi qo‘shimcha), boyi(egalik qo‘shimchasi) D) A,B,C
Do'stlaringiz bilan baham: |