9. Berilgan so‘zlarning qaysi birida omonimlik uch so‘z turkumi doirasida yuz beradi?
A) yosh B) o‘t C) tom D) A,B
10. Qaysi qatorda so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) tahqir – taqir B) azm – azim
C) ta’ma – tama D) ta’qib – taqib
11. Lojuvard ko‘kda sayrashib uchayotgan qushlar daraxtlarga qo‘nib, saxiy quyoshga madhiya aytayotgandek, basma basga chug‘urlashadilar. Ushbu gapdagi lojuvard ko‘kda birikmasining sinonimi qaysi qatorda berilgan?
A) ko‘k osmonda B) tiniq osmonda C) tiniq ko‘k osmonda D) cheksiz ko‘kda
12. Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning ushbu misralarida qo‘llangan ranj va ganj so‘zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan?
A) mehnat va qarz B) mashaqqat va boylik
C) alam va xazina D) ozor va intilish
13. Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar B) sinonimlar
C) omonimlar D) antonimlar
14. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanuvchi bir nechta so‘z qanday nomlanadi?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar B) omonimlar
C) sinonimlar D) antonimlar
15. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz so‘zining xususiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z B) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z D) birgina so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
16. So‘zlarni qaysi jihatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonimlarga ajratamiz?
A) bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishiga ko‘ra
B) tuzilishiga ko‘ra C) shakl va talaffuziga ko‘ra D) shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra
Do'stlaringiz bilan baham: |