17. Majlis ahlining aksariyati xursand bo‘lib, Mustafo Sodiqni olqishladilar. (Oybek) Ushbu gapdagi ahlining so‘zi ahil so‘ziga o‘zaro qaysi jihatdan bog‘liq?
A) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro ma’nodosh so‘zlar. B) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro paronim so‘zlar. C) Aynan bir so‘z bo‘lib, egalik qo‘shimchasi qo‘shilgach, i unlisi tushib qolgan. D) Ahl va ahil so‘zlari o‘zaro shakldosh so‘zlar.
18. Shakldosh so‘zlar berilgan javobni toping.
A) kadr, qil, yoq, karam, B) davlat, tuman, yiq, bor, qalin
C) mushak, oy, taxt, et D) A, C.
19 Iljaydi, jilmaydi, tirjaydi, irjaydi, ishshaydi sinonim qatorida qaysi so‘z asosiy?
A) iljaydi B) jilmaydi C) tirjaydi D) irjaydi
20. Qaysi so‘z turkumlarida antonimik munosabat yo‘q?
A) ot, son, sifat B)ravish, fe’l, olmosh C) son, olmosh, modal so‘zlar D) yordamchi so‘zlar, ravish, son
21. Omonim so‘zlarni toping.
A) tort, dangasa, tanho B) yot, yoq, yon C) g‘amsiz, och, tong D) muzlar, noma, pul
22. O‘zaro sinonim so‘zlarni toping.
A) shoshilmoq, oshiqmoq, matonatli B) chidamli, matonatli, toqatli C) chin, haq, aniq D) bedarak, dardlashmoq, benom-nishon
23. Omonim so‘zlarni toping.
A) ko‘r, shoir, biologiya B) talaffuz, muddat, xalq C) adash, to‘q, dasta D) to‘r, qofiya, hosil
24. Quyidagi qatorlarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdor so‘zlar berilgan?
A) yaxshi, chiroyli, shirin, xursand B) yomon, xunuk, bemaza, xafa C) ko‘rk, chehra, jilmaymoq, kamolot D) badburush, naynov, qiltiriq, bashara, satang
25. Qaysi qatorda har xil guruhga mansub so‘zlar berilgan?
A) chumchuq, musicha, qaldirg‘och, olaqanot, zag‘izg‘on
B) jarlik, cho‘qqi, tog‘, tepalik, g‘or, adir, qir C) bunday so‘zlar berilmagan D) arpa, sholi, makkajo‘xori, bug‘doy
Do'stlaringiz bilan baham: |