1. Vaziyatga huquqiy baho bering


Download 23.01 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi23.01 Kb.
#1501130
1   2   3
Bog'liq
msiy kazus

Uchinchidan, vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlaydigan bo’lsak. Dastlab ushbu savolga huquqiy baho berishdan oldin ayrim tushunchalarga ta’rif berib o’tadigan bo’lsak. Sud hujjati nima va qanaqa hujjatlar sud hujjatlari sifatida e’tirof etilishiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 7-moddasida ushbu tushunchaga ta’rif berib o’tilgan. Unga ko’ra, Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qilinishligi, Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishligi, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinishligi, ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqarilishligi belgilab qo’yilgan. Endigi navbatda sud hujjatining asoslantiruvchi qismi haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Bizga berilgan keys yuzasidan sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilganligi ma’lum. Demak biz bundan bilishimiz mumkinki hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismini yozishimiz kerak bo’ladi. Kodeksning 158-moddasiga ko’ra hal qiluv qarorining mazmuni yoritib o’tilgan. Unga ko’ra, sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishligi belgilab qo’yilgan. Sudning hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida quydagilar bo’lishi kerak:
1.Ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari;
2.Sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar;
3.Sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari;
Hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonunchilik hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligining asoslari ko‘rsatilishi kerak. Bundan tashqari hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga havolalar ko‘rsatilishi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar va elektron resurslar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeks
2.Ma’muriy huquq darslik, TDYU, “Yuridik adabiyotlar publish”
3.www.lex.uz
4.public.sud.uz
5.my.sud.uz
6.advice.uz
Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling