1. Ventilyatsiya turlari. Binolar uchun ventilyatsiya tizimi tanlashning asosiy omillari. Reja


Download 0.53 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1404316
Bog'liq
12.Ventilatsiya va havoni konditsiyalash tizimlari


Mavzu:
“Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini tasnifi. ”.
1.Ventilyatsiya turlari.
2. Binolar uchun ventilyatsiya tizimi tanlashning asosiy omillari.
REJA:
Ventilyatsiya deganda binolarni toza havo bilan ta’minlash, havo almashtirish va talab qilinadigan havo muhitini yaratish tizimlari tushuniladi. Ventilyatsiya orqali xonalardan gazlar va zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug‘lari, issiqlik chiqarib yuboriladi va tashqaridan toza havo beriladi. Ventilyatsiya tizimlari quyidagi asosiy konstruktiv belgilari va parametrlari bo‘yicha tasniflanadi:
1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra – oqib kelish (pritochnыe) va so‘rib chiqarish (vыtyajnыe) turlarga bo‘linadi.
Oqib kelish tizimlar deb, xonalarga toza havo uzatadigan ventilyatsiya tizimlariga aytiladi. So‘rib chiqarish tizimlari esa xonalardan ifloslangan havoni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
2. Xonaga oqib keluvchi va xonadan so‘rib chiqarib yuboriladigan havoni harakatga keltirish usuliga ko‘ra – tabiiy (tashkil etilgan va tashkil etilmagan) va mexanik (sun’iy) ventilyatsiyaga bo‘linadi.
Tashkil etilmagan tabiiy ventilyatsiyada xona ichida havo almashinuvi ichki va tashqi havoning bosimlar farqi natijasida ro‘y beradi. Bunda shamol ta’siri, tashqi to‘siq konstruktsiyalarining zich bo‘lmasligi, eshik, deraza, fortochka, framuga ochilishlari katta ahamiyatga egadir.
Umumiy havo almashinuvli ventilyatsiya butun havo bo‘yicha bir xil havo muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday ventilyatsiya oqib kelish, so‘rib chiqarish yoki bir vaqtda oqib kelish va so‘rib chiqarish ventilyatsiyasini o‘z ichiga olishi mumkin (1. - 2. Rasm).
Mahalliy so‘rib chiqarish ventilyatsiya tizimlarida zararli moddalar bug‘lari va gazlar to‘g‘ridan – to‘g‘ri paydo bo‘lgan joylaridan tashqariga chiqarib yuboriladi. (2b, v – rasm). Mahalliy oqib kelish ventilyatsiyasi faqat ma’lum joylarga toza havo berish kerak bo‘lgan joylarga beriladi bunday ventilyatsiyani misoli havo dushlaridir, ya’ni havoning erkin oqimlarini ish joyig‘a yuborish (2b – rasm).
Aralash ventilyatsiya tizimlari asosan sanoat ishlab chiqarish xonalarida ishlatiladi, ular mahalliy va umumiy havo almashinuvli tizimlarni o‘z ichiga oladilar.
Avariyali ventilyatsiya tizimlari faqat to‘satdan ko‘p miqdorda zararli moddalar bug‘lari va gazlar ajrab chiqish mumkin bo‘lgan xonalarda ishlatiladi. Bu uskunalar tezda zararli moddalar bug‘larini va gazlarni chiqarib yuborish kerak bo‘lgan paytda ishga tushuriladi.
Tutunga qarshi ventilyatsiya yong‘inni boshlang‘ich bosqichida odamlarni xonalardan evakuatsiya qilishini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Ventilyatsiya tizimlarining samaradorligi ishlashi xonalarga havoni to‘g‘ri uzatish va ulardan so‘rib chiqarish sxemalarga bog‘liqdir. Havo parametrlarini xona hajmida taqsimlanishi birinchi navbatda havo taqsimlovchi uskunalarining konstruktiv yechimlari bilan aniqlanadi. So‘rib chiqaruvchi uskunalarining xonadagi havoning haroratiga va tezligiga ko‘rsatadigan ta’siri odatda deyarli bo‘lmaydi, ammo ventilyatsiya tizimining umumiy samaradorligi xonadan havoni to‘g‘ri so‘rib chiqarishni tashkil etishga bog‘liqdir.
2. Binolar uchun ventilyatsiya tizimi tanlashning asosiy omillari.
Ventilyatsiyani tashkil qilishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
1. Mahalliy so‘rib chiqarish ventilyatsiyasi zararli moddalarni chiqayotgan joyida lokalizatsiya qilib, xonaga tarqalishni oldini olish kerak;
2. Oqib keluvchi havoni odamlar nafas oladigan zonalariga ( xizmat etish zonalari) tarqatish, bunda havo toza bo‘lib, uning harorati va harakat tezligi sanitar talablarga javob berishi kerak.
3. Umum almashuv ventilyatsiyasi zararli moddalarning kontsentratsiyasini pasaytirib, xizmat zonalarida havoni haroratini, nisbiy namligini, tezligini, ruxsat etilgan qiymatlarini ta’minlash kerak;
4. Oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi havolarning hajmlari zararli moddalar ajralib chiquvchi xonalardan boshqa xonalrga havoni oqib o‘tishiga to‘siq bo‘lishi uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Havo taqsimlagichlarni tanlash va ularni joylashtirish xonaning turiga, o‘lchamlariga, ajralib chiqayotgan zararli moddalarning turiga, xonada joylashgan jihoz uskunalariga va ish joylarni joylanishiga bog‘liqdir.
Havoni taqsimlash va so‘rib chiqarish masalasi konkret shart – sharoitlarga ko‘ra yechiladi. Bu yechimni tanlash vaqtida quyidagi umumiy tavsiyalarga asoslanish mumkin:
a) oqib keluvchi toza havoning troektoriyasi havoning ifloslangan uchastkalari bilan kesilishi mumkin emas, ishchi zonaga toza havo berilishi lozim;
b) xonalarda ortiqcha oshkora issiqlik miqdori ko‘p bo‘lganda, qish vaqtida uzatiladigan havoning haroratini minimal ruxsat etilgan qiymatini olish lozim, chunki ortiqcha issiqlik ta’sirida havo qizdirilanadi;
v) yoz paytida oqib keluvchi havoni xonaning ishchi zonasiga yuborgan ma’qul;
g) havo tarqatishda ish joylaridagi havoni haroratini va tezligini tekshirish lozim; bunda havo oqimlarini bir – biriga ko‘rsatadigan ta’sirini devorlar va texnologik uskunalar tomonidan siqilganligini, qayta oqimlarni paydo bo‘lishini hisobga olish kerak;
d) xonada issiqlik yetishmagan hollarda va ventilyatsiya isitish vazifasini bajarganda oqib keluvchi issiq havoni ishchi zonasiga yuborish lozim.
 
Nazorat savollari
1. Havoni harakatga keltirish usuliga ko‘ra ventilyatsiya tizimlari qanday bo‘linadi?
2. Nimaning ta’sirida tashkil etilmagan tabiiy ventilyatsiya ro‘y beradi?
3. Nimaning ta’sirida tashkil etilgan tabiiy ventilyatsiya ro‘y beradi?
4. Sun’iy ventilyatsiya tizimlarida havoni nima yordamida harakatga keltirish mumkin?
5. Xonalarda havo almashinuvini tashkil etilishiga ko‘ra ventilyatsiya tizimlari qaysi turlarga bo‘linadi?
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling