1. Viruslarning ochilish tarixi. Viruslarning umumiy harakteristikasi. Viruslarning rivojlanishi


Download 73.5 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1270982
1   2   3
Bog'liq
Viruslar morfologiyasi marfogenezi va biofizikaviy xususiyatlari

VIRUSLARNING KLASSIFIKATSIYASI
Viruslarni klassifikatsiya qilish masalasi hozirgacha to’liq o’rganilmagan. Viruslarni klassifikatsiya qilish ular birinchi aniqlangan davridan boshlangan: dastlab qanday organizmning zararlanishiga ko’ra (odam, o’simliklar, hayvon, hasharot, faglar) keyinchalik qanday to’qimalarni zararlashiga ko’ra (dermatrop, pnevmotrop) viruslar borligi aniqlangan.
SSSRda viruslarni klassifikatsiya qilishda Moshkovskiy, V.M. Jdanov, R.S. Korenblit, V.L. Rijkov, S.N. Gaydamovichlarning hissasi katta. Viruslar o’ziga hos xususiyatlarga — tarkibida DNK yoki RNK borligi, mustqqil, moddalar almashinuvi bo’lmasligi, hujayra strukturasiga ega bo’lmasligi, o’ziga hos ko’payish yo’li borligiga qarab, ular mustqqil, organizmlar vira dunyosiga ajratilgan.
1966 yili Moskvada bo’lib o’tgan XI Halqaro mikrobiologlar qongressida viruslarning yangi klassifikatsiyasi qabul qilingan: tarkibida DNK va RNK bo’lgan viruslar va ularning anatomiyasi—simmetriyasining shakli kubsimon, spiralsimon va kampsomerlarning soni va diametri, tashqi qobigining borligiga asoslangan. Hozirgacha 300 ga yaqin virus aniqlanib, ular 5 ta sinf, 8 tur, 21 oilaga birlashtirilgan. Har bir oila avlodlardan tashkil topgan bo’lib, avlodlar turlarga bo’linadi va turlar lotin tilida binominal yoziladi. Barcha hayvonlarda kasallik qo’zg’atuvchi viruslar ikki sinfga bo’lingan:
1. Ivanovskiy sinfi tarkibiga RNK bo’lgan viruslar kiradi: pikornaviruslar — oqsil, poliomielit, Teshin kasalliklarini qo’zgatadi, miksoviruslar — qo’turish, gripp, qizamiq, qoramollar, itlar, parrandalarda o’lat kasalliklarini qo’zgatadi; arboviruslar - bir tuyoqli hayvonlarda Afrika o’lati, bug’ularda epizootik gemorra­giya kasalliklarini; reoviruslar — yomon shish va leykoz kasalliklarini qo’zgatadi.
2. Jenner sinfi tarkibiga DNK bo’lgan viruslar kiradi: poqsviruslar — odam, hayvon va parranda chechagini, fibroma va miksoma shishlarini qo’zgatadi, adenoviruslar — odamda, hayvonlarda, parrandalarda nafas yo’llarining qon’yuktivit kasalligini qo’zg’aydi.
Klassifikatsiyalanmagan viruslarga yuqumli gepatit virusi va boshqalar kiradi.
Viruslarga qarshi immunitet. Bakteriyalarga qarshi hosil bo’ladigan immunitetga nisbatan viruslarga qarshi hosil bo’ladigan immunitet kam o’rganilgan. Lekin ular bir xil yo’l bilan hosil bo’ladi, ya’ni organizmga yot bo’lgan tirik moddaning kirishi natijasida immunitet hosil bo’ladi. Ammo fagotsitoz holati viruslarga ta’sir etmaydi, chunki ayrim viruslar leykotsitlarda ham rivojlanadi. Virus kasalliklariga qarshi tugma va sun’iy immunitet bo’ladi: tugma immunitet organizmning areaktiv hujayralari bilan bog’liq, ya’ni virusga nisbatan sezgir hujayralar yo’q.
Sun’iy immuniget ikki xil bo’ladi: a) biopreparatlar (vaktsina va immunli zardoblar) yuborish natijasida hosil bo’lsa, u sun’iy orttirilgan; b) organizm biror virusli infektsiya bilan kasallanib sogayishi natijasida hosil bo’lsa, u tabiiy orttirilgan immunitet deyiladi.
Viruslarga sezgir organizmdagi immunitetning faktorlari: 1. Virusning organizmga kirgan yerida mahalliy atsidoz, gipoqsiya bo’ladi, temperatura ko’tariladi, antitelalar hosil bo’ladi, ingibitor va interferonlar hosil bo’ladi. 2. Viruslar sezgir hujayralarga yetib borguncha antitelalar va ingibitorlar hosil bo’ladi. 3. Hujayraning ichida interferon hujayrani himoya qiladigan maxsus suyuqlik ajratiladi. Ingibitorlar viruslarning ko’payishiga to’sqinlik qiladigan maxsus modda va u har qanday organizmda bo’ladi, buni 1942 yili Fyorst aniqlagan. U kuyonning zardobi bilan gripp virusiga tasir etganda, viruslar halok bo’lganlar. Ingibitorlar ham antitelalarga o’xshash ta’sir etadi, ular odam va hayvon organizmidagi suyuqliklarda, nafas olish va hazm qilish epiteliyalarida, turli to’qima organlarning ekstraktlarida bo’ladi. Ingibitorlar kattaroq yoshdagi organizmda, ayniqsa so’lakda ko’p bo’ladi, masalan, itning so’lagida boshqa hayvonlarning sulagiga nisbatan 10 barobar ko’pdir. Interferon virusning organizmga kirgan joylarida tezlik bi­lan hosil bo’ladigan maxsus modda bo’lib, spetsifik faktor hisoblanmaydi, lekin viruslarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Virus kirgan joyda 18—24 soat ichida ularni neytrallovchi maxsus antitelalar hosil bo’ladi.
Interferentsiya. O’simliklarda, odam va hayvon organizmlarida, tovuq embrionida yoki to’qima kulturasida bir virusning rivojlanishiga ikkinchi virusning to’sqinlik qilish hodisasi interferentsiya deyiladi. Buni 1935 yili Hoskins aniqlagan va bunday holat bir turdagi va har xil immunobiologik turdagi viruslar orasida uchraydi.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling