1. Vodiy shaharlari bo’ylab ekskursiyani tashkil etish. Samarqand viloyati bo’ylab ekskursiyani tashkil etish


Download 202 Kb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi202 Kb.
#1026915
  1   2   3   4
Bog'liq
экскурсияни ташкил


Mavzu:Xalqaro turistlarga O’zbekistonning tarixiy shaharlari bo’ylab ekskursiyani tashkil etish.
Reja:
1.Vodiy shaharlari bo’ylab ekskursiyani tashkil etish.
2.Samarqand viloyati bo’ylab ekskursiyani tashkil etish.
3.Xorazm viloyati bo’ylab ekskursiyani tashkil etish.
Xalqaro turistlarga O’zbekistonning tarixiy shaharlari bo’ylab ekskursiyani tashkil etish.
«Oltin Fargona xalqasi» yoki «Oltin vodiy» - bu deyarli har tomondan tog’lar (shimolda - Chotqol, sharqda - Farg’ona, janubda - Oloy va Turkiston) bilan o’ralgan juda katta pastlikdir. Farg’ona vodiysiga (300x150km) bunday nom qadimdan uning o’zgacha florasi tufayli berilgan. Vodiyning tog’laridan tushuvchi sharsharachalari, irmoqlari, kichik ko’llari, ko’p sonli tog’ oqimlariga ega bo’lgan Sirdaryo oqadi.
Vodiy ayniqsa ko’z faslida chiroylidir, agar unga biror tepalikning cho’qqisidan nazar tashlansa, tillaga ko’milgan vodiy daraxtlari barglarining turli tuslarini ko’rish mumkin.
Ma’lumki, Farg’ona vodiysida qadimgi turar joylar 5-6 ming yil avval paydo bo’lgan. Xitoyliklar faqat miloddan avvalgi II asrda davonliklar (farg’onaliklar) ga ipak bilan savdo qilishga, keyinchalik esa uni Farg’ona vodiysida etishtirishga imkoniyat berishlari evaziga topgan, afsonalarda aytilgan anor daraxtlari, anjir, uzum, yong’ok, paxta va boshqa madaniy o’simliklarni odamlar bu erda etishtirganlar. «Farg’ona miloddan avvalgi VI-IV asrlardan boshlab janubiy va janubi-g’arbiy tsivilizatsiyalar bilan madaniy aloqada bo’lgan va integratsion savdo tuzumiga kirgan” degan A. Anarbaevning tahmini bor. Ammo u na fors, na yunon manbalarda berilmagan. U mustaqil davlat bo’lgan deb tahmin qilish mumkin.
Xitoyni O’rta er dengizi bilan birlashtirgan, keyinchalik esa tarmoqlari butun Markaziy Osiyo bo’ylab tarqalgan Ovro’pani shimoliy, janubiy, sharqiy va janubi-sharqiy mamlakatlari bilan ilk o’rta asrlarda bog’lagan Buyuk Ipak yo’li miloddan avvalgi II asrda Farg’ona vodiysidan o’ta boshlagan.
Dovon o’z chiroyi va boyliklari bilan qadimgi va ilk o’rta asrning ko’pchilik bosqinchilarini o’ziga tortar edi. Ammo mag’rur va erksevar dovonliklar har doim mustaqil yashab kelganlar.
Miloddan avvalgi II asrning oxirida Farg’ona asosiy tranzit yo’l edi. Munchoq tepa qabridan olingan arxeologik topilmalar bunga dalil bo’la oladi.
Arab bosqinidan so’ng savdo-sotiq qilish vaqtinchalik qiyin bo’lib qoladi. Ammo siyosiy barqarorlik va Samarqand davlati tashkil topganidan so’ng qadimiy trassa qayta jonlanadi. Ibn-Xordadbex Samarqanddan Xo’jand orqali Bab (Pop) shahriga Axsikentga, undan Quva, Osh, O’zgand (O’zgan), Atbosh orqali at-Tubbatga va Yuqori Nushadjon (Sharqiy Turkiston)ga bo’lgan yo’lni tasvirlaydi.
Savdo-hunarmandlik aloqalarining rivojlanishi natijasida Sharq, G’arb va Janubning ko’pgina mamlakatlaridan Farg’onaga turli mahsulotlar kelar edi. Ammo keng aloqalari bo’lishiga qaramay, Farg’onada juda ko’p vaqt pul munosabati bo’lmagan, u erda haykaltaroshlik va surat solish san’ati rivojlanmagan edi, ya’ni u ming yillar davomida dehkon va qoramolchilik madaniyatini birlashtirgan o’zining qadimiy madaniyatini saqlagan.
Qo’qon xonligining eng oxirgi maskani bo’lgan Farg’ona vodiysi 1875 yili Farg’ona viloyati sifatida chor Rossiyasiga zo’rlik bilan biriktirilgan edi.
Mustamlaka davrida Farg’ona Vodiysi paxtachilik, bog’dorchilik, uzumchilik va ipakchilik rivojlantiriladigan asosiy markazga aylanib qolgandi.
1924 yili Farg’ona vodiysining hududi millatiga qarab O’zbek, Tojik va Qirgiz respublikalariga bo’lingan edi. Farg’ona vodiysining ko’p qismi O’zbekiston SSRga kirgandi. Farg’ona vodiysida O’zbekistonning uch viloyati bor - Farg’ona, Andijon, Namangan.
Ittifoq hukmronligi yillari Farg’ona vodiysi butun SSR Ittifoqi uchun “oq oltin” deb atalgan paxta etishtiruvchi asosiy manbaga aylandi. Shunday qilib Farg’ona vodiysining “Oltin manba” degan nomi tasdiqlandi.
“Oltin vodiy” bo’ylab ixtiyoriy transportda: avtomobil, temir yo’l, velosiped, piyoda va x. k. sayohat qilish qulaydir. O’zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkentdan boruvchi magistrallar “Oltin Farg’ona xalqa”si deb yuritiluvchi Farg’ona xalqasini tashkil qiladi.
Vodiyning turistlarni o’ziga tortadigan shaharlari haqida to’xtaladigan bo’lsak, Kosonsoy shahri va uning atrofi daryo chegarasi va Farg’ona vodiysining tog’ oldilarida joylashgan. O’zi tug’ilgan joylarni yaxshi bilgan Zahiriddin Bobur Kosonsoy to’g’risida quyidagilarni yozgan: “Bu er ajoyib havo va chiroyli bog’lari bo’lgan joydir”. XYII asrning mualliflaridan biri: “Kosonning bog’lari va mevalari oliy jannat va parilar bog’larini eslatadi, uning hosillari mg’l va cheksizdir”- degan edi.
Namangan shahrining diqqatga sazovor joylari 25 kmdan keyin -uncha katta bo’lmagan sho’r ko’l oldidagi Namangankon qishlog’i o’rnida 1610 yili shahar sifatida paydo bo’lgan Namangan shahri (XY asrdan) shaharcha sifatida ma’lum bo’lgan. Namangan ma’muriy viloyat markazi bo’lib qoldi. Shahar bozori yonida joylashgan Xojamna-Qabr maqbarasi o’sha vaqt guvohi bo’lishi arxitektura yodgorligidir.
Namanganning ko’rimsiz Ovro’pa arxitekturasi fonida eski shaharni XX asr boshlarida qurilgan Radjabboy masjidi, Mulla-Qirg’iz madrasasi va b. yaxshi taassurot qoldiradi. Ularning hammasi bir-biriga yaqin shaklda Ovro’pa formatidagi pishiq g’ishtdan juda saranjom qilib pishiq qurilgan. Gumbazlarining kengligi, bino va uning qismlarini proportsiyalari va b. bularni qurgan ustalarning mahoratidan darak beradi.
Farg’ona vodiysi turizmi respublikamiz turizmi industriyasining 40%ni tashkil qilgan holda tezlikda rivojlanayotgan region hisoblanadi. Vodiy turizmida asosan uchta viloyat turistik firmalari faoliyat olib boradi. Bu viloyatlarning turistlarga ko’rsatgan xizmat hajmini quyidagi jadvaldan ko’rib tahlil qilamiz. 8.2.1-jadval

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling