1. Vodiy shaharlari bo’ylab ekskursiyani tashkil etish. Samarqand viloyati bo’ylab ekskursiyani tashkil etish


Xorazm vohasiga tashrif buyurgan turistlar va xorijga chiqish


Download 202 Kb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi202 Kb.
#1026915
1   2   3   4
Bog'liq
экскурсияни ташкил

Xorazm vohasiga tashrif buyurgan turistlar va xorijga chiqish
(kishi hisobida)

Yillar

Xorijlik turistlar

Xorijga chiqish

Jami

2002

36460

21040

57500

2003

36559

23641

60200

Manba: «O’zbekturizm» MK

Bizgacha saqlangan yodgorliklar ichida ko’zga ko’rinadigani Xazaraspdagi Raxmonqul-Inaka saroyi, Iltuzar-xonning ko’rinish-xonasi (XIX asr boshi) va 1832 yili Allaqulixon qurgan Tosh-hovlidir.


Xiva saroylari Markaziy Osiyo arxitekturasi tarixida yangi sahifa ochadi. Bu saroylarda, ayniqsa Tosh-hovlida, haykaltarosh me’morchilik usullari karkasli uylar me’morchilik bilan birlashib ketadi.
Tosh-hovli devorlarining bo’yoqlari xuddi gilam osilganidek qilingan. Xivaga xos bo’lgan bo’yoq va naqshlarni O’zbekiston hududida XYIII-XIX asrga tegishli haykaltaroshlik qurilishlarning arxitektura bezagida uchratib bo’lmaydi. Katta Allaqulixon madrasalari ham Xivaga xos usulda bezalgan. Uning yonida tamomlanmay qolgan Kalta-minorning qurilishi boshlangan. Markaziy Osiyodagi eng baland minora bo’lishi kerak bo’lgan bu minorani qurilishini boshlash, o’sha paytdagi ulkan qurilishlarga misol bo’la oladi.
XX asr boshidan Xiva xonlari arxitekturasiga yangi yo’nalishlar ta’sir ko’rsatgan yozgi turargohlar qurishni boshladilar. 1906 yildan Dishan-qal’ada voris Muhammad-Rahim-xon uchun Nurilla-boy saroyini qurilishi boshlandi. Uning qurilishini 1912 yili yangi xon Asfendiyor qayta boshladi. Sharq hokimlarining saroylari kabi, bu saroy ham devor bilan o’ralgan va chetlariga uylar qurilgan bir necha hovlidan tashkil topgan, u erda yordamchi xonalar joylashgan. Ma’muriy binolar va baland ustunli ayvon-arzxona bilan sudlov xonasi alohida joylashgan. Yashash xonalari va xaram uchta hovli va unga shimol tarafdan yondoshgan bog’ni egallashardi. Bu xonalar guruhi yana bir o’z darvozasiga ega devor bilan o’ralgan. Qabullar uchun mo’ljallangan zal-ko’rinishxona alohida turardi.
Xorazm vohasining tarixiy yodgorliklari nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyoda mashhur bo’lganligi uchun, dunyoning turli burchaklaridan har yili minglab turistlar tashrif buyurishadi. Bu obidalar ituristlardani shu kungacha xayratga solib kelmoqdadir.
Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling