1. Vodiy shaharlari bo’ylab ekskursiyani tashkil etish. Samarqand viloyati bo’ylab ekskursiyani tashkil etish
Samarqandga tashrif buyurgan turistlar va xorijga chiqish (kishi hisobida)
Download 202 Kb.
|
экскурсияни ташкил
Samarqandga tashrif buyurgan turistlar va xorijga chiqish (kishi hisobida)
Manba: «O’zbekturizm» MK Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi XY asrning birinchi yarmini haykaltaroshlik me’morchiligining mumtoz namunasi sifatida milliy arxitektura merosining xazinasiga kiradi. Shakllarining tugatilganligi va monumentalligi, badiiy pardozi bo’yicha u XIY asr qurilmalaridan kam emas, mustahkamligi bo’yicha esa ulardan ustun turadi. Manbalarning xabar berishicha, Mirzo Ulug’bek o’zi bu madrasada astronomiyadan ma’ruza qilgan. Bu erda shuningdek, Kozizoda Rumi-“O’z davrining Platoni”, Mavlono G’iyosiddin Jamshid ibn-Masud bin Mahmud Kashani (Kashi), Mavlono Alaudin Ali ben Muhammed Qushchi va b. ma’ruza qilishgan. Mudarris (rektor) qilib Mavlono Muhammed Xav-fi tayinlangan edi. Vasifi yozgan va bizga V.V. Bartold etkazgan afsona bor: “Madrasaning qurilishi nihoyasiga etayotganda, binoning qurilishida bo’lganlar Ulug’bekdan mudarris qilib kim tayinlanadi deb so’rashibdi. Ulug’bek ularga hamma ilmlarni biladigan odam keladi deb javob beribdi. Ulug’bekning so’zlarini shu erda “g’ishtlar ichida” iflos kiyimda o’tirgan Mavlono Muhammad Xavfi eshitibdi va o’sha zahotiyoq bu lavozimga o’zini huquqi to’g’risida e’lon qilibdi. Ulug’bek uni so’roqqa tutibdi, uning bilimdorligini bilib, hammomga oborishni va yangi kiyimlar kiygizishni buyuribdi. Madrasaning ochilish kunida Xav-fi mudarris sifatida 90 olimlarning oldida ma’ruza qilibdi, ammo Ulug’bek va Qozizoda Rumidan tashqari hech kim ma’ruzani tushunmaydi, u ilmiy planda shunchalik murakkab edi” Ulug’bek davrida Registonda qurilishi qari amaldor Alika Kukaldosh nomi bilan bog’liq bo’lgan masjid bor edi. Eski masjid mo’g’ullar bosqinida tashlandiq bo’lib qolgan. Uning devorlarida, manbalarning yozishlaricha, 1361 yili mo’g’ullarga qarshi qo’zg’olonning ishtirokchilari bekinganlar. Ulug’bek davrida u qayta qurilgan, katta hovli, qubbali bino, 280gacha ustunlari bo’lgan. Keyinchalik zilzila va harbiy hodisalardan qattiq shikastlangan (XX asrning 60-chi yillarigacha uning baland chaxlangan marmar asoslari hali maydonda yotar edi). Madrasa bilan deyarli bir vaqtda Ulug’bekning buyrug’i bo’yicha Ko’xak teppaligining tagida, Obi-Raxmat arig’ining qirg’og’ida, Naqshi-Jahon joyida, Afrosiob shaharchasining shimolida rasadxona qurildi. Boburning so’zlari bo’yicha, rasadxona uch qavatli bino bo’lgan. U erda Ulug’bek bilan birga ishlagan va keyin Stanbulga kuchib o’tgan Ali Qushchi rasadxonaning asosiy qismini, sekstant fahrini balandligini avliyo Sofiya ibodatxonaning balandligi bilan taqqoslagandi. Sektantning yuqori qismi er ostida joylashgan va asbobini yarmi edi. Ali Qushchining fikricha, bu Sharqda ma’lum bo’lgan sektantlardan eng yirigi edi. 1918 yili samarqandlik olim-arxeolog V.L.Vyatkin rasadxonaning qazilmasini o’tkazgandi. U rasadxonaning asosiy asbobini-Faxri sektantini er osti qismini ochdi, uning yuqori qismi saqlanib qolmagan. Qazilmalar faqat 1948 yili tamomlanganidan keyin, bu juda mustahkam qurilgan, baland, planda aylana shakldagi radiusi 40 metrdan oshiq bino. Binoning arxitektura kompozitsiyasiga kiritilgan Faxri sektantidan tashqari unda bir necha katta zallar, yo’laklar, o’tish joylari va xizmatchilar uchun qurilgan kichik xonalar bor. Shaharda turistlarga ham qulay sharoitlar yaratilgan. Juda yaxshi aeroport, vokzal, avtostantsiyalar, bir necha mehmonxona, shu jumladan 4-yulduzli-“Afrosiob”, muzey va teatrlar, restoran va badiiy salonlar mavjud. Shaharda fuqarolarning sog’lig’i, jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi va b. alohida ahamiyat beriladi. Samarqandda stadionlar soni ortdi, juda ko’p arzon kafelar paydo bo’ldi. Yaqinda ochilgan “Bog’i Eram” majmuasi samarqandliklar va shahar mehmonlariga juda yoqib qoldi. Qachonlardir tashlandiq bo’lgan shahar parkining burchagida 3,5 ming o’rinli katta amfiteatr atrofida sun’iy ko’l hosil qilindi. Majmua shaharliklarni haqiqiy dam olish joyiga aylandi. Issiq yoz kechalari fontanlarning suvi bu erda alohida mikro iqlim hosil qiladi. Suv o’rtasidagi sahnada yosh ijrochilarning chiqishlari turistlarning dam olishini bezaydi. Amfiteatrning yonidagi manzaraga “Oazis” pivo-bar-restoranning silueti, shuningdek muz qaymoqning har xil turlari sotiladigan “Parvina” kafesi organik kirilgan. Har yili kuzda bu amfiteatr navbatdagi “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalining sahna maydonlaridan biriga aylanadi. Xorazm erlari qadimiy afsonalar va yodgorliklarga boy. Uning tarixini qadimligi bilan kamdan-kam jahon tsivilizatsiyasi tenglasha oladi. 1938 yildan boshlab, ko’p yillar davomida Qoraqalpog’istonning qadimgi shaharchalarida arxeolog akademik S.P.Tolstov ish olib borgan. U bizlarga ko’pgina arxeologik yodgorliklar va ular to’g’risidagi afsonalarni etkazgan. Qadimiy Xorazm Buyuk ipak yo’li ochilishidan ancha avval suv va erdagi trassalar orqali Ovro’pa va Sharq, Shimol va janubiy tsivilizatsiyalar bilan bog’langan edi. Xorazm O’zbekiston hududidagi uch tsivilizatsiyadan birini beshigi. Bu erda jahon tsivilizatsiyasi birlashgan joyi: Qora dengiz atrofi, Krito-mikent (ellinlar), Moxendjorado (Shimoliy Hindiston, Shimoliy Afg’oniston va janubi-sharqiy Eron) va Xitoy. Buyuk ipak yo’li ochilishi bilan madaniyatlarning bir biriga kirishi jadallashdi. Buni arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. O’zbekiston arxeologlari bu erda miloddan avvalgi YI asrgacha bir birini almashtirgan yoki parallel mavjud bo’lgan qadimiy kelteminar, tazabag’yab, suyurgan va amirobod madaniyatlarini aniqlashgan. Madaniy aloqalar va etnik kelib chiqishi qadimiy Xorazmni shimolda Sibir bilan, shimoli- g’arbda Orol bo’ylari va Sharqiy Ovro’pa bilan, sharqda Sharqiy Turkiston bilan, janubi- sharqda Hind okeani bilan, janubda Fors Ko’rfazi bilan, janubi-g’arbda Qizil dengiz va Arabiston yarim oroli bilan birlashtirar edi. Hurrit va Turk etnik elementlari qadimda O’rta Osiyo, Xett podsholigi, Mesopotamiya, Elam, Hindiston va Azov oldi xalqlarini tashkil qiladi. Miloddan avvalgi IY- I asrlar qadimiy Xorazm tsivilizatsiyasini ravnaq topish davri. Bu paytdagi yodgorliklar boy va ko’p. Bu davrga Bozorqal’a (miloddan avvalgi IY-III asrlar), Chermen-yabdagi Qo’y-Qirilgan-qal’a va b. kabi yodgorliklar tegishli. Tuzilishi bo’yicha Janbas-qal’a shahri qiziqarlidir. Ikkita katta binodan har biriga yopishgan Janbas qal’a shahrining devorlarida-g’ishtlarida turli qarindoshlik bog’lanishni belgilovchi turlicha belgilari bor. Shaharda hammasi bo’lib ikkita katta uy bo’lib, har birida 200 tadan xona bor bo’lgan, ya’ni uy 500-700 kishiga mo’ljallangan. Janbas-qal’ada ikkita uy o’rtasidan bittagina keng ko’cha o’tgan. Tuproq-qal’ada ham xuddi shundoq bo’lgan. Shahar darvozasidan o’rta chiziq bo’ylab bitta ko’cha o’tgan, uning ikki tarafida to’rtta o’zaro tor ko’chalar bilan ajratilgan uy-massivlar simmetrik joylashgan. Shaharning ikki qismga bo’linishi, (qabilaning ikki fratriylarga bo’linishi kabi) zodlar guruhlarini ko’rsatsa kerak. Xorazmning qadim antik shaharlarini muhim elementi “olov-uyini” mavjudligidir. Janbas-qal’a va Tuproq-qal’ada “olov-uyi” ko’chaning darvozaga qarama-qarshi tomonida joylashgan. Beruniy va boshqa o’rta asr mualliflari o’chmas ilohiy olov (atesh-kede, buyut-niran) va jamoa yig’ilishlar joyi to’g’risida xabar berishgan. Bu “olov-xona” larning qoldiqlari hozir ham tog’lik tojiklarda saqlanib qolgan, ular masjidlarda joylashadi. Tuproq-qal’a planda (500x350 m) ko’p kvadrat minorali antik g’ishtlardan qurilgan baquvvat devorlari bo’lgan to’g’ri to’rtburchakdir. Shimoli-g’arbiy burchagida-hokimning uch minorali 25 metrli qasri, undan keyin (180x180m) hovli, undan tepasi berkitilgan yo’laklar darvoza va shahar ko’chasining markaziga olib boradi. Janubi-sharqda - olov uyi. Hovlini hisobga olmaganda, qasrning umumiy maydoni 200x200 m. Qasrdan sharq tomonda 200x130 m li maydon- balki bozor- bor. Qasrning janubida yashash uchun uylar qurilgan (310x280m). Amudaryoning o’rta oqimini o’ng qirg’og’ida Xorazm shohining qizi va uni sevgan yigit to’g’risidagi afsona bilan bog’liq bo’lgan ikkita tosh qal’a-Qiz-qal’a va Yigit-qal’a joylashgan. Xalqda Qirq-qiz nomi bilan ma’lum bo’lgan I-Y asrlar vayronalari bilan bog’liq bo’lgan juda ko’p afsonalar mavjud. Dishan-qal’a o’rtasida joylashgan Ichan-qal’a noto’g’ri to’g’ri burchak shaklida bo’lib shimoldan janubga cho’zilgan. U to’rtta dorvozali baquvvat devorlar bilan o’ralgan. Darvozalardan markazga ingichka ko’chalar olib boradi. Asosiy darvozalar qurilishlar zich joylashgan g’arbiy-Ota-darvoza va sharqiy-Polvon-darvozalardir (XIX asr). Qurilmalarning baquvvat, teppalari uchli berk devorlari, qal’a minoralari, gumbazlari va x.k. lari bor. Bular faqat Markaziy Osiyo shaharlarining arxitekturasida XIX asrlardagi uslubni namoyish qiladi. Shernazi-xon madrasasining o’ziga xos naqshi bor (1718-1720 y.). Qutlug’-Murad-inaki madrasasi, Pahlavon-Mahmud maqbaralari majmuasi, Alla-Quli-xon timi (XIX asr), Tash-hovli saroyi (1830-1838 y.) ajoyib shakli va betakror naqshlari bilan rom qiladi. Ichan-qal’a markazida Paxlavon-Mahmud maqbarasi va Juma-masjid atrofida tuzilgan arxitektura majmuasi joylashgan. Majmuaga yana madrasa (1908y), minora (1910y) va Islom-Xo’ja nomli yangi uslubli maktab (1912y) kiradi. Islom-Xo’ja - nomi bilan ichki siyosiy islohotlarni o’tkazish, yangi uslubli maktablar, kasalxonalar, pochta, dorixonalarni qurilishi bog’liq bo’lgan xon qarindoshi. Qurilishga katta ahamiyat berib, Islom-Xo’ja mahalliy an’analarni qadirlardi. Ammo ishga ovro’pali arxitektor va ustalarni taklif etardi. Ular mahalliy ustalar bilan birga ishlardilar. Paxlavon-Mahmud majmuasiga kirgan minora Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan biridir. Uning balandligi 44,6m, asosining diametri 9,5 m. U Xivaning barcha binolaridan yuqori bo’lib hamma tomondan ko’rinadi. Lekin u ayniqsa yaqindan ko’rimlidir; atrofidagi binolar uning ulug’vorligini ko’rsatib turadi. Shakli bo’yicha u Xivaning boshqa minoralaridan farqlanmaydi. Ko’k gorizontal belbog’larining qaytarilmaydigan naqshlari ajralib turadi. Ular orasidagi masafaning rejali qisqarishi balandlik perspektivasini kuchaytiradi; minora uchida fonar, undan keyin uch zinali karniz va ko’k rangli tepasida qubbali gumbaz joylashgan. Xivaning boy fuqarolarini mablag’lariga XIX asr oxiri-XX asr boshlarida ko’p monumental binolar qurilgan. Dishan-qal’a hududida qurilgan Polvon-pir (1905 y.) madrasasidan tashqari Yaqub-boy-Xo’ja, Do’st-Alam (1882 y.), Mozori-Sharif (1882y.), Otajon-To’ra (1884y), Qozi-Kalon Salim-Oxun (1905y), Matpanaboy (1905y.), Abdurasul-boy (1906y.), Yusup Yasaul-boshi (1906y.) madrasalari qurilgan edi. Ular XYIII asrning oxiridagi ko’rilmalardan kichikroqligi bilan farqlanadi. Hozirgi kunda O’zbekiston turizmida Xorazm regionning o’ziga xos o’rni bo’lib turistlarga xizmat ko’rsatishda salmoqli natijalarga erishayotganini quyidagi jadvaldan ko’rishimiz mumkin. 8.2.3-jadval Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling