1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini kompleks ravishda tashkil etish
Download 0.49 Mb.
|
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M
2.3. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini kompleks ravishda tashkil etish.Elektr ta’minot tizimlarining asosiy elementlarining ishdan chiqish sabablari. Turli materiallardan tayyorlangan elementlarning ekspluatatsiya jarayonida termik, mexanik ta’sirlar hamda elektromagnit maydon va muhitning agressivligi natijasida, shuning bilan birga elektr energiya sifatining buzilishi oqibatida ushbu materiallarda mustahkamlikning yomonlashishi, qismlar o‘rtasidagi aloqaning buzilishi kabi salbiy va qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tasodifan yuz beradigan bunday o‘zgarishlar elementning ishdan chiqishiga olib keladi. Ishdan chiqish transformator, kabel liniyalari va generator izolyatsiyalarining eskirishi, o‘tkazgichlar, tayanchlar va kabel qobig‘i metall qismlarining zanglashi, qisqa tutashuv toklarini o‘chirish paytida kommutatsiya appartlarining buzilishi hamda materiallarda sodir bo‘ladigan deformatsiya va diffuziya hodisalari oqibatida ro‘y beradi. Havo elektr uzatish liniyalari, bu elektr tizimlarining eng ko‘p zarar ko‘ruvchi qismlari hisoblanadi. Ularning zarar ko‘rishlariga muhitning yomonligi va ular joylashgan hududlardagi noqulayliklar sabab bo‘ladi. Havo elektr uzatish liniyalari ishdan chiqishining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi: - muzlash va shamolning ta’siri; - chaqmoq paytida sodir bo‘ladigan razryad oqibatida izolyatsiyaning berkilib qolishi; - avtotransport va boshqa mexanizmlar ta’sirida tayanch va o‘tkazgichlarning zararlanishi; - tayanchlar, izolatorlar hamda o‘tkazgichlarni tayyorlash paytida kamchiliklarning bo‘lishi; - tayanchlar, izolatorlar hamda o‘tkazgichlarning tabiiy iqlimga to‘g‘ri kelmasligi; - tayanch va o‘tkazgichlar montaj ishlarining noto‘g‘ri bajarilganligi; - ta’mirlash va uskunalarning almashtirish vaqtiga amal qilinmaganligi va hokazo. Bu sabablar asosan tayanchlar, izolatorlar hamda o‘tkazgichlar mexanik mustahkamliginig yo‘qolishi yoki zaiflashishiga, tayanch detallarining sinib ketishiga, metall hamda taxta qismlarining zanglashi va chirishiga olib keladi. Liniyalarning titrashi, qaltirashi (plyaska), uzilib ketishi, tayanchlar yoki detallarining buzilishi Elektr uzatish liniyalardagi qisqa tutashuvlar (bir yoki bir necha fazali) oqibatida sodir bo‘ladi. Kabel elektr uzatish liniyalari ishdan chiqishining asosiy sababi (barcha ishdan chiqishlarning 70% i) yer kovlaydigan mashina (ekskvator) va mexanizmlar tufayli elektr uzatish tarmoqlari i mexanik mustahkamligining buzilishidir. Bu esa o‘z navbatida kabellarni yopiq taqsimlash qurilmalariizish (o‘tkazish) qanchalik sifatli va qay tarzda (yerning o‘zida, truba, blok yoki tunellar ichida) bajarilganiga bog‘liq. Eng ko‘p buzilishlar kabellarni hech kanday himoyasiz yerga yopiq taqsimlash qurilmalariizish (o‘tkazish) sababli yuz beradi. Kabel muftalaridagi (ulovchi) teshilishlar ham kabellar ishdan chiqishining sezilarli qismini tashkil qiladi. Izolyatsiyalarning eskirishi va chirib ketishi, kabel liniyalariga namlikning o‘tishi, metall qismlarining zanglashi sababli sodir bo‘ladigan zararlanishlar nisbatan kamroq uchraydi. Undan tashqari qisqa tutashuvlar kabellarning ham ishdan chiqishiga olib keladi. Kabel liniyalarini tiklash havo liniyalarini tiklashga qaraganda ko‘proq vaqtni (bir necha o‘n soatni) talab qiladi. Kuch transformatorlari. Kuch transformatorlari elektr uzatish tarmoqlari ga nisbatan kamroq shikastlanadi va ularni tiklash uchun yanada ko‘proq vaqt talab qilinadi. Transformatorlar ishdan chiqishiing asosiy sabablari quyidagilar: - tashqi va ishki o‘takuchlanishlar, qisqa tutashuv toklari va transformatorni tayyorlash vaqtida bo‘ladigan kamchiliklar (defektlar) oqibatida izolyatsiyaning shikastlanishi. Bunday shikastlanishlarning sabablariga transformatorlardagi o‘takuchlanishlar va ularning yetarli darajada sovutilmasligi oqibatida yuz beradigan izolyatsiyaning shikastlanishi kiradi. Undan tashqari kuchlanish regulirovkasi (ayniqsa RPN) uskunasining shikastlanishi ham transformatorlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi; - izolyatsiyalarning berkilib qolishi tufayli - kontakt ulanmalarining shikastlanishi; - transformator moyining to‘kilishi; Kichik hajmli transformatorlarni (20 kV gacha) ta’mirlash markazlash-tirilgan holatda bajariladi. Shikastlangan transformator esa qisqa muddatda (bir necha daqiqa ichida) almashtiriladi. Katta hajmli transformatorlar ko‘p vaqt ichida (bir necha o‘n va yuz soatlab) ta’mirlanadi va bunda ko‘taruvchi mexanizmlardan foydalaniladi. Kommutatsiya apparatlari ishonchliligi jihatidan murakkab uskunalar hisoblanadi. Ular avtomatik (o‘chiruvchi, qisqa tutashtirgich-bo‘lgich bloki, avtomatlar, saqlagichlar) va noavtomatik (ajratgich va rubilniklar) ga bo‘linadi. Kommutatsiya apparatlarining ishdan chiqishi jarayonlarni bajarish (qisqa tutashuvlarni va iste’molchilarni o‘chirish) paytida va ularning statsionar holatida ro‘y beradi. Kommutatsiya apparatlarining ishdan chiqishi sabablariga quyidagilar kiradi: - uzatma larning ishlamay qolishi; - mexanik shikastlanishlar; - yoy o‘chiruvchi kameralarning buzilishi; - kontaktlarning kuyishi; - tashqi va ichki o‘takuchlanishlar oqibatida yuz beradigan izolyatsiyaning berkilib qolishi. Hisob-kitob jarayonlarida rele himoyasi va avtomatikaning ishdan chiqishi o‘chirgichlarning ishdan chiqishi bilan umumiy hisoblanadi. Kommutatsiya apparatlarining ta’mirlash vaqti elektr qurilmalarining nominal kuchlanishi ortishi bilan ortib boradi va elektr uzatish tarmoqlari ning ta’mirlanish vaqti bilan deyarli bir xil bo‘ladi (bir necha soat). Kommutatsiya apparatlari elektr uzatish tarmoqlari va kuch transformatorlardan farqli ravishda diskret-tanafussiz ishlaydigan elementlar qatoriga kiradi, shuning uchun ularning modellarining ishonchlilik hisob-kitoblari qolgan tanafussiz ishlaydigan elementlarga nisbatan qiyinroq kechadi. Elektr tarmoqlari elementlari shikastlangandan so‘ng avariyaviy ta’mirga mo‘htoj bo‘lishi bilan birga, alohida elementlarning shikastlangan paytlarida profilaktik-ogohlantiruvchi ta’mirga ham mo‘htoj bo‘ladi. Bunday ta’mirlar ishdan chiqishlar orasidagi vaqtni uzaytiradi. Ushbu holatlar, avariyaviy ta’mirdan so‘ng elementni “yangi holatda” deb hisoblash imkonini beradi. Elektr ta’minot tizimlari asosiy uskunalarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini miqdoriy baholariga quyidagilar kiradi: - ishdan chiqish oqimining parametri (ishdan chiqish chastotasi), ω(λ) (1/yil); - elementning o‘rtacha tiklanish vaqti, TT (yil (soat)); - oldindan rejalashtirilgan o‘chirishlar oqimi parametri rejalashtirilgan ta’mirlar chastotasi), μ(λR) (1/yil); - rejalashtirilgan ta’mirlash ishining o‘rtacha davomiyligi, TT (yil (soat)); Elementlarning ishdan chiqish chastotasi (xususiy chastota) birlik vaqt ichida sodir bo‘lgan shikastlanishlar soni bilan baholanadi va ishdan chiqqan uskunalar soni po ni hisob vaqti Δt ning umumiy uskunalar soni p ga ko‘paytmasiga bo‘lish bilan aniqlanadi: Ishdan chiqishlar chastotasi bir yilda sodir bo‘lgan ishdan chiqishlar soni bilan o‘lchanadi va T ga teskari bo‘lgan songa teng. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling