1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni
Download 0.49 Mb.
|
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini kompleks ravishda tashkil etish.
- 3.2. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari va muhofaza zonasida taʼmirlash ishlarini bajarish tartiblari.
MUNDARIJA Kirish 1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni. 2. Farg‘ona vodiysi asosiy elektr tarmoqlarini xarakteristikasi. I-bob. Elektr tarmoqlarida avariyali o‘chishlarning taxlili va ularni kamaytirish usullari. 1.2. Neytrali yerga ulanmagan tarmoqlarda avariyali rejimlarni xususyiyatlari. 1.3. Neytrali yerga ulangan tarmoqlarda avariyali rejimlarni bartaraf etish. 1.4. Avariyali rejimlarni bartaraf etishda rele himoyasi va elektroavtomatikaning o'rni. II- bob Uzluksizlikni ta’minlash va ishonchlilikni oshirish omillari. 2.1. Elektr tarmoqlarida uzluksizlikni ta’minlash shart sharoitlari. 2.2. Ishonchlilikni oshirish metodlari. 2.3. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini kompleks ravishda tashkil etish.III-bob. Fan va texnika yutuqlari asosida ekspluatsiya ishlarining optimizatsiya monitoringi. 3.1. Elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xodimlari bilan kvalifikatsiya ishlarini tashkil etish. 3.2. Elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari va muhofaza zonasida taʼmirlash ishlarini bajarish tartiblari.3.3. Yo‘riqnomalar va mashqlar o‘tkazish. 3.4. Ish o‘rganish va asosiy ishchi vazifasini bajarish tartiblari. 4. Xulosa 5 Adabiyotlar Grafik qismlar 1 Farg‘ona vodiysi energotizimi (FVET) asosiy elektr tarmoqlari karta-sxemasi. 2. FVET asosiy elektr tarmoqlari bir chiziqli sxemasi. 3. Avariyli rejimlar va otkazlar taxliliga oid tablitsalar. 4. Ishonchlilikni oshirish, OMP va modernizatsiya ma’lumotlari. 5. Kuchlanish ostida izolyatorlarni yuvish va ta’mirlashga oid sxemalar. Iqtisodiy ko‘rsatgichlar. 6. Elektr maydoni kuchlanganligi, individual va ekranli vositalar haqida ma’lumotlar hamda chizmalar. Kirish Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab aholi soni ortib bormoqda, buning natijasida yashash tarzidagi ishlarni rivojlantirish zarur. Bu borada ilmiy texnik yangiliklar olib borilmoqda. Masalan hayotimizda eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillarni ham energiya tejamkor va ekologiyaga ortiqcha zarar yetkazmaslik uchun elektramobillarga o‘tilmoqda. Aholini oziq ovqat masalasida muammolar kuzatiladi, bu holatlar Afrika qit’asida va urush bo‘layotgan hududlarga to‘g‘ri kelmoqda. Boshqa mamlakatlarda isrof bo‘layotgani achinarli bo‘lmoqda. Biz qadrli bo‘lgan bitta non tayyorlash uchun qanchadan qancha insonlarni mehnati ketayotganini his qilmaymiz. Afsuski bunday holatlar ko‘p uchramoqda. Bugungi kunlarda yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bunga sabab yurtimiz aholisi soni sezirarli darajada o‘smoqda. Tabiiyki ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatish sohalari ham rivojlanishi natijasida elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ortmoqda. Aholini elektr energiya bilan ta’minlashda bir qancha kamchiliklar yuzaga kelayotgan paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 03.02.2022 yildagi PQ – 113 songa asosan Respublika Magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish, uning ishonchliligini va xavfsizligini oshirish, tizimli avariyalarning oldini olish, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida: Dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish.Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish. Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi va 220, 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan elektr energiyani yakuniy iste'molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibida 15 ta korxona va 2 ta filial, shundan 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, shuningdek, mazkur ob’ektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruktsiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi 14 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi faoliyat yuritadi. 14 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va 224 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan 35-110 kV kuchlanishli 1 660 ta nimstantsiyadan uzatiladigan elektr energiyasi keyinchalik 86 389 dona transformator punktidan chiquvchi 260,5 ming km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari orqali O‘zbekiston Respublikasining maishiy va yuridik iste'molchilariga yetkazib beriladi. Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tassarufida 2021 yil 1 sentabr holatiga: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling