1. Xalq faravonligini oshirishda elektr energiyasining o‘rni


Download 0.49 Mb.
bet7/15
Sana21.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1643822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
BMI 18.06.2023 avariyali o\'chishlar tahlili Rahmonaliyev M

Sezgirlik Himoyaning sezgirligi uning himoya qilish zarur bo‘lgan zonada minimal qisqa tutashuv rejimida va elektr yoyi orqali qisqa tutashuv bo‘lganda ham yetarli bo‘lishi kerak. Himoyaning sezgirligi sezgirlik koeffitsienti bilan harakterlanadi.

  • Ishonchlilik Himoya faqat o‘zi ishlashi kerak bo‘lgan rejimlarda ishlashi va normal rejimda hamda ishlashi kerak bo‘lmagan rejimlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak.

    Avtomatika qurilmalari sistemaning normal rejimini tezlik bilan avtomatik ravishda tiklash uchun hizmat qiladi. Asosiy avtomatika qurilmalariga

    • AQU Avtomatik qayta ulash

    • RAU Rezervni qayta ulash

    • ACHE Avtomatik chastotaviy yengillashtirgich va boshqalar kiradi.

    Elektr ta’minoti sistemasining o‘ziga xos harakterli belgilari, ularda bo‘ladigan jarayonlarning katta tezlikda kechishi va avariya holatiga ega bo‘lgan shikastlanishlarning yuzaga kelishi mumkinligidir. Shu sababli elektr ta’minoti sistemasining ishonchli va tejamli ishlashiga avtomatik boshqarish yo‘li bilan erishishimiz mumkin. Buning uchun har xil avtomatik boshqarish qurilmalari ishlatiladi. Ular orasida asosiy pog‘onalarda turadigani avtomatik rele himoyasi qurilmalari egallaydi.
    Rele himoyasi qurilmalari elektr qurilmalarda shikastlanish yoki normal bo‘lmagan rejim yuzaga kelganda ishlaydi. Eng xavfli va ko‘p sodir bo‘ladigan shikastlanish qisqa tutashuvdir. Chunki qisqa tutashuvlar elektr qurilmalarining fazalari orasida yoki neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida faza bilan yer orasida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuvlar faza uzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab shikastlanishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Elektr manishalari va transformatorlarda aytib o‘tilgan shikastlanishlardan tashqari bitta faza o‘ramlarida ham qisqa tutashuv yuzaga kelishi mumkin.
    Qisqa tutashuvlar natijasida elektr ta’minoti tizimining normal holatda ishlash jarayonida o‘zgarishlar yuzaga keladi, agar tezlik bilan bartaraf qilinmasa salbiy holatlar yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun sinxron generatorlar, kompensatorlar va elektr dvigatellarning sinxronizatsiyadan chiqishi va iste’molchilarning ishlash rejimlari buzilishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuv tokining issiqlik va dinamik ta’sirlari ham xavfli xisoblanadi. Avaryaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va shikastlanish oqibatlarini kamaytirish uchun qisqa tutashuvni tezlik bilan aniqlash va shikastlangan elementni tarmoqdan ajratish kerak bo‘ladi. Ba’zi hollarda shikastlanish sekundning ulushlariga teng bo‘lgan vaqt ichida bartaraf qilinishi kerak bo‘ladi. Bunday vazifani insonlar qo‘li bilan bajara olmasligi o‘z – o‘zidan ko‘rinib turibdi. Shikastlangan elementni aniqlash va uzilishi zarur bo‘lgan o‘chirgichga ta’sir qilish uchun uzishga ishlovchi rele himoyasi hizmat qiladi.
    Rele himoyasining asosiy elementi ya’ni mahsus jihozi RELE hisoblanadi. Ayrim hollarda uzgich va himoya bitta himoya hamda kommutatsiya qurilmasida birlashtirilgan bo‘ladi.
    Neytrali yerdan izolyatsiyalangan yoki yoy so‘ndiruvchi reaktor orqali yerga ulangan elektr tarmoqlarida bir fazali yerga tutashuv qisqa tutashuv bo‘lib hisoblanmaydi, ya’ni katta toklarning xosil bo‘lmaydi. Fazalar orasidagi kuchlanish o‘zagarmaydi va elektr ta’minoti tizimining ishi buzilmaydi. Ammo bunday rejimni normal deb hisoblab olmaymiz, chunki shikastlanmagan fazalarning yerga nisbatan kuchlanishi ortadi va bir fazali yerga tutashuvning ko‘p fazali qisqa tutashuvga o‘tishi mumkin bo‘lib qoladi. Shu sababli bir fazali yerga tutashuv ma’lum vaqt davomida bartaraf qilinishi kerak bo‘ladi. Faqat ayrim hollarda, misol tariqasida katta quvvatli generatorlarda yoki tog‘ – kon sanoati elektr ta’minoti tizimlarida signalga emas balki uzishga ishlaydigan qilib bajariladi.
    Ayrim xollarda elektr qurilmalarining o‘ta yuklanishi yoki tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida normal bo‘lmagan rejimlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda shikastlanmagan elementdan katta toklar oqib o‘tadi va izolyatsiyaning vaqtidan oldin eskirishiga va ishga yaroqsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida hosil bo‘ladigan katta toklar shikastlangan elementning rele himoyasi ishlagandan keyin uzilishi natijasida bartaraf bo‘ladi.
    Elektr qurilmalarda o‘ta yuklanishlardan signalga ishlovchi mahsus himoya o‘rnatiladi. Bunday himoya ishlab signal bergandan keyin operativ personal o‘ta yuklanishni bartaraf qilish choralarini ko‘radi. Operativ personal bo‘lmagan nimsantisyalarda o‘ta yuklanishlardan rele himoya iste’molchilarning ma’lum qismini uzishga yoki elektr qurilmani manbadan uzishga ishlaydigan qilib bajariladi.
    Elektr ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirilgan elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlarini ishonchliligini orttiradi, shikastlanish yuz berganda operativ oldini olish imkonini beradi. Elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llanilgan avtomatik boshqarish tizimlarining vazifasi quyidagicha:

    • Shikastlangan element yoki qismni tez uzish yoki boshqa

    shikastlanmagan qismidan ajaratish

    • Nonormal ish rejimini oldini olish

    • Iste’molchilar elektr ta’minotini tez tiklash, avariya yuz berganda manbani tarmoqdan ajratish va iste’molchilarni belgilangan kuchlanishini ta’minlash

    • Sinxron mashinalarni ishga tushirish va to‘xtatish

    • Energetik tizimda aktiv quvvat yetishmaganda iste’molchilarni bir qismini o‘chirish va boshqalar

    Havo uzatish liniyalaridan foydalanish jarayonida ularda sodir bo‘ladigan shikastlanishlarning ko‘p turlari turg‘un bo‘lmasligi, ya’ni liniya uzilganda barham topishi va qayta ulanganda liniya normal ishlashda davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qayta ulash avtomatik qayta ulash ya’ni AQU qurilmasi orqali bajariladi.
    Elektr ta’minoti tizimini shikastlanish va uzilishi, elektr tizimining ishiga ta’sir qiladi. Misol tariqasida iste’molchilarni bir qismining uzilishi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning keragidan ortiqcha bo‘lishiga va natijada chastotaning ruxsat etilmagan qiymatlarigacha ortishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari quvvati katta generatorlarning uzilishi elektr energiyaning yetarli bo‘lmasligiga va natijada energosistema turg‘unligining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘ladi. Bunday jarayonlarni tezlik amalga oshishi sababli operativ personal ularni bartaraf etishi va tezlik bilan normal rejimni tiklash imkoniyatiga ega emas. Bunday vazifalarni avtomatik qurilmalar bajarishi mumkin. Chastotani tiklash vazifasini avtomatik chastotaviy yengillashtirish ACHE qurilmasi bajaradi.
    Farg‘ona vodiysi aholisining ko‘p qismi I va II – toifali iste’molchilar xisoblanib, elektr energiyasining 90 % dan ortiqrog‘i havo liniyalari orqali yetkazib beriladi. Bu esa elektr energiyasi ta’minotida uzluksizlikni ta’minlashga, ishonchlilikka bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Avariyalar sekundlarda bo‘lishligini e’tiborga olsak, yuqori kuchlanishli havo liniyalarini normal bo‘lmagan rejimlardan himoyalashda rele himoyasining asosiy va zahira qurilmalari bir vaqtda ishga tushib, asosiy himoya ishlamay qolganda belgilangan ob’ektni himoya qilishi lozim bo‘ladi.
    Elektr uzatish liniyalarida asosan quyidagi himoyalar qo‘llaniladi

    • Tok himoyalari

    • Tok ortganda ishlaydigan tok himoyalari

    Maksimal tok himoyasi
    Tok otsechkasi

    • Differensial himoyalar

    Bo‘ylama differensial himoyalar
    Ko‘ndalang differensial himoyalar

    • Masofaviy himoyalar


    Download 0.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling