2.9. O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yo’llari
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tarkibini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlarni bir necha bosqichlarga bo’lishimiz mumkin.
Tahlillar ko’rsatishicha, islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi savdoni tartibga solishning insititutsional va huquqiy bazasi yaratilgan bo’lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning halqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilinishi eksportga yo’naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o’z navbatida eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantirish omili bo’ldi
Respublikamiz eksporti va importining tovar hamda geografik tarkibini takomillashtirsh orqali raqobatbardoshlikni oshirish qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarishni yulga qo’yish mumkin bo’lgan maxsulotlarga talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |