1. Xalqaro ayirboshlashning nazariy asoslari. Xalqaro savdo rivojlanishining zaruriyati va tashqi savdo operatsiyalari


Xalqaro savdo o’zining rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, har bir bosqich o’z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi


Download 365,68 Kb.
bet2/5
Sana02.02.2023
Hajmi365,68 Kb.
#1147224
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tema2

Xalqaro savdo o’zining rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, har bir bosqich o’z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
tashqi savdo aloqalarining lokal darajada shakllanish bosqichi (VI-XIII asrlar) O’rta yer dengizidan SHarqda tomon xalqaro savdo yo’llarining vujudga kelishi;
tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O’rta yer, Boltiq va SHimoliy dengizlarida kontsentratsiyalashuvi;
tashqi savdo aloqalari globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlari tufayli xalqaro savdo yo’llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko’chishi;
tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi - (XVIII-XIX asrlar) sanoat to’ntarishi, G’arbiy Yevropa va AQSHI iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog’liq;
tashqi savdo aloqalarining militarizatsiyalashuv bosqichi - (XIX oxiri - XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog’liq;
integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi — (XX asrning o’rtasi va ikkinchi qismi);
tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi
2.4. Tashqi savdo kontraktlari.
Tashqi savdo operatsiyalari turli mamlakatlardagi sheriklarning ma’lum izchillikda amalga oshiriladigan harakatlarini ifodalaydi. Bu harakatlar bozorni o’rganish, uning reklamasi, sotish tarmoqlarini yaratish, tijorat takliflarini o’rganish, muzokaralar o’tkazish, kontraktlar tuzish va uni bajarishni o’z ichiga oladi. Kontrakt bitim qatnashchilari, ya’ni she­riklar o’rtasidagi tijorat munosabatlari rasmiylashtiriladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Savdo sohasidagi bitimning boshqa bir qatnashchisi sherik-kon­tragent deb ataladi.
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda sheriklar sifatida mulkchilikning har qanday shakli va iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlar qatnashishi mumkin. Bular sanoat va qishloq xo’jalik, savdo va kapital qurilish, transport va tele­kommunikatsiya, bank va moliya tizimi, shuningdek aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlaridagi korxonalar va tashkilotlardir.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida sotuvchi va xaridorning topshirig’i bo’yicha ularni bir-biri bilan uchrashtiruvchi, bitimlar tuzishga yordam beruvchi, biroq ularda bevosita qatnashmaydigan vositachilarga katta rol ajratiladi. Bundan tashqari, bir qator ixtisoslashgan import-eksport bilan shug’ullanuvchi korxonalar, tashkilotlar oldi-sotdilarni o’z hisobidan yoki bitimlarga vositachilik qilish tartibida amalga oshiradilar.
Jahondagi to­var ayirboshlashlarning yarmidan ko’prog’i savdo vositachilari yordamida amalga oshiriladi. Respublikamizda faqat tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqini olganlargina tashqi savdo bitimlarining qatnashchilari bo’lishi mumkin.
Har qanday savdo operatsiyasi bozorni o’rganishdan boshlanadi. Talab va uni kengaytirish yo’llari, narx darajasi va o’zgarishi tendentsiyasi, raqobatning keskinligi, ishlab chiqarishning texnik darajasi va ri­vojlantirish imkoniyatlari va hokazolar o’rganiladi. Kontraktlarni tuzish bo’yicha tayyorlov ishlarining muhim bosqichi chet ellik sherikni aniqlash, uning faoliyati xususiyati va hajmini, huquqiy va moliyaviy ahvolini va ishonchliligini o’rganish hisoblanadi. Bu ishning sifati bozorlar, maxsulot narxlari, mijozlar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni tijorat ma’lumotlariga bog’liqdir.

Download 365,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling